Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi metodologik asosi va boshqa fanlar bilan munosabati Reja: Fanining tarkibiy tuzilishi Fanining metodologik asosi Fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Fan va texnikaning tez suratlar bilan rivojlanishi, turli yo'nalishlarda bilim hajmining oshib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo'linishiga sabab bo'lmoqda. Yaqin o'tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko'pgina tarmoqlarga bo'linish jarayoni, yani tarkibiy tuzilishi ko'zga yaqqol tashlanadi. Masalan, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi kabilar shular jumlasidandir. Ayrimlari esa, fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avvalo tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi fani bilan bog'lanadi. Pedagogikaning ko'zi ojiz, aqli zaif, qulog'i kar - jismoniy kamchiliklarga ega bo'lgan bolalarni tarbiyalash va ularni hayotga tayyorlash bilan shug'ullanadigan yana bir tarmog'i - maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika) defektologiya bilan chambarchas bog'liqdir Pedagogika fani tarmoqlarida predmetlarni o'qitishning qonuniyatlarini o'rganuvchi fan - metodika ham kiradi. Shu bilan birga pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o'sib kelayotgan yosh avlod bo'lganligi uchun pedagogika insonni o'rganuvchi fanlar bilan bog'liqdir. O'zining butun tarixi davomida pedagogika falsafa bilan chambarchas bog'langan va xatto XIX asrgacha uning bir qismi hisoblangan edi. Xullas, pedagogika fanining metodologik asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta'lim to'g'risida gi qonun, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonun va farmonlar hamda falsafa tashkil etadi. Chunki, tarbiyaning asosiy maqsadi o'sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir. Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pedagogika bugungi kunda falsafadan ajaralib chiqib, bir qator fanlar Bilan munosabatda bo'ladi. Jumladan, u psixologiya fani bilan chambarchas bog'liq. Keyingi vaqtlarda pedagogika kibernetika bilan bog'lanmoqda, buni dasturlashtirilgan ta'lim misolida ko'rish mumkin. Shuningdek, u etnografiya, biologiya, odam anatomiyasi, iqtisodiyot, san'at, madaniyat kabi fanlar bilan chambarchas bog'liqdir Tadqiqot metodlari Har qanday fan fan sifatida o'zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar orqali o'z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayot va obyektiv dunyoni bilish nazariyasidada nimani o'rganish va qanday o'rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir. Pedagogika o'z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan tadqiqot usullari bilan o'rganadi. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlansa ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika Fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy-tadqiqot usullari hozircha fanda to'la yaratilgan,hal etilgan deb bo'lmaydi. Pedagogikaning hozircha mavjud bo'lgan va ishlab chiqilgan quyidagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.2 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.2 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: doc