Pedagogika fanlar o'qitishning eng muhim tushunchalari asosida mavzularni uzlashtirish Reja: 1. Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Pedagogikani fan sifatida shakllanishi. 3. Pedagogikaning asosiy tushunchalari. 4. Pedagogik Pedagogika fanlari tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi. Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, u ta'lim tarbiya bilan shug'ullanib keladi, komillikka intiladi. Kattalar yosh avlodga o'zlarining tajribalarini, insoniy fazilatlarini, bilim ko'nikma va malakalarini singdirishga harakat qiladi. Bu vazifalar turli usullarda turlicha hal etilgan bo'lib, ularning natijasi sifatida, pedagogika fanining dastlabki ta'limotlari tarkib topib borgan. Inson tafakkuri, bilimi uning ijtimoiy tajribalarida aks etgan. Hozirgi kunda saqlanib qolgan eng eski pedagogik ta'limot qadimgi Yunoniston davlatlari: Sparta va Attikada amalga oshirilgan. Pedagogika tushunchasi ham o'sha zamonlarda qo'llanila boshlagan. Qadimshunos olimlarning takidlashlaricha, minglab yillar oldin kishilar yetuk onglilik asosida madaniy meros namunalarini yaratganlar. Ammo ularga berilgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyati. qanday amalga oshirilganligi mukammal tarzda bizgacha etib kelmagan. Ayniqsa ko'hna sharq mamlakatlari Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Eron, Turkiya va boshqa joylarda o'ta mukammal ta'lim tarbiya tizimi mavjud bo'lganligi madaniy-memoriy yodgorlikda turli san'at va muhandislik inshoatlarida uchratish mumkin. Avvalo «pais ageines» «yani bola etaklash» degan manoni anglatadi. Quldorlarning bolalarini qo'riqlab, himoya qilib yuradigan kishilarni shunday atagan. Keyinchalik maktablarning kuchayishi, ta'lim tarbiyaning takomillashib borishi natijasida ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi kishilarni pedagoglar deb atashgan. Pedagogika ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotlarni o'rganadigan soha sifatida falsafaning tarkibida shakllanib bordi. Pedagogikaning predmeti sifatida ta'lim-tarbiya jarayoni va unda amalga oshirishga qaratilgan maxsus tayyorgarlik ko'rgan kishilarning faoliyati tushuniladi. Turli manbalar va mualliflarning pedagogikaga bergan ta'riflaridan kelib chiqqan holda uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bu ta'rif malum darajada «ta'lim to'g'risida» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning mazmuniga mos keladi. Faqat o'quvchi yoshlar emas, jamiyatning barcha a'zolari ta'lim va tarbiyadan baxramand bo'lishlari, uzluksiz ta'lim tizimi ta'sirida kamolot sari intilish zarur. Pedagogika jamiyatning barcha a'zolarini ijtimoiy ehtiyojga mos holda tarbiyalash, shaxs sifatida shakllantirish, zamonaviy bilim ko'nikma va malakalar berishning yo'l-yo'riqlari qonuniyat hamda mazmun mohiyatini o'rganuvchi fandir. Sho'rolar tizimi davridagi komunistik mafkuraga asoslangan tarbiya ko'p jihatlari bilan barcha xalqlar va millatlarni bir qolipda «ulug' og'a» ruhiga moslashtirib ulg'aytirishga mo'ljallangan edi. Bu illatdan voz kechib, birinchi navbatda milliy ruhda tarbiyalashga alohida etibor berildi. Prezident I.Karimov takidlaganlaridek: «Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma'rifatli, ayni paytda o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka isxonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonlarni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir». Xalqimiz boy milliy tarbiya an'analariga ega, unga suyagan holda komillikka intiluvchi shaxsni tarkib toptirish mumkin. Lekin pedagogika fani umuminsoniy tarbiyaning nodir namunalari ta'sirida milliy tarbiyani boyitib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
573.03 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
573.03 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx