Pedagogika fanlarini o'qitishda darslik bilan ishlash texnologiyasi Pedagogik nashrlarda darslik tushunchasi tegishli fanga oid ilmiy bilimlar asoslarini dasturga mos holda qiluvchi kitob deb ta'riflanadi. Darslik dastur mazmunini aniq ko'rinishda ifoda etadi va bir vaqtning uzida unga teskari ta'sir kursatgan holda uni yana xam aniklashtiradi, rivojlantiradi va takomillashtiradi. Darslik bu pedagogik tizimning axborotli modelidir. Nima uchun model? CHunki xar bir o'quv jarayo ning ma'lum bosqichlari ko'rsatilgan bo'ladi. Darxakikat, o'quvchilar darslik mavzularini ukib, undagi topshiriqlarni ma'lum harakatlar ko'rinishida bajarishadi: tekshiradi, yechadi, javob beradi va - xakozo. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashrin shaklda berilishi mukin. Bu, demak; darslikda ma'lum pedagogik jarayon u yoki bu holatda bayon etilishidan dalolat beradi. SHunday qilib pedagogik jarayon, muallif tomonidan darslikda ma'lum darajada aks ettirilgan moddiy mavudlik, yangilikdir. Nima uchun darslik pedagogik tizim modeli? CHunki pedagogik jarayon xar doim aniq boshqariladigan tizim doirasida amalga oshiriladi, darslik esa uzida pedagogik tizimning alohida xususiyatlari va tomonlarini aks ettiradi Afsuski, hozirga qadar olimlarimiz darslikdan pedagogik tizim modeli sifatida, ya'ni bulgusi o'quv- tarbiyaviy jarayonni modellashtirish vositas ekanligidan foydalanish-maydi. SHuni alohida kayd etish lozimki, darslik o'z-uzidan pedagogik tizimni modellashtirmaydi va o'quv jarayoniga aylantirmaydi bularning xammasini pedagog darslikdan foydalangan holda amalga oshiradi. Nixoyat, biz nima uchun darslik-pedagogik tizimning axborotli modeli deb atadik? Bu savolga javob sodda: chunki model axborotlarning ma'lum bayoni tarzda beriladi. SHunday qilib, darslik avtonom ta'lim vositasi sifatida pedagogik tizim elementlarining axborotli modeli hisoblanib pedagogik jarayonni boshqarishni avtomatlashtirish uchun mo'ljallangandir. Darslikda pedagogik tizimni modellashtirish jarayoni va ketma- ketligi quyidagi tartibda borishi mumkin: -dastlab pedagogik tizim mavjudligini maqsadi aniklanadi va tulik yoritiladi; -keyin quyidagi umumdidaktik tamoyillarni hisobga olgan holda ta'lim mazmunini yoritish amal- ga oshiriladi: ketma-ketlik, tushunarlilik, ilmiylik, ko'rsatmalilik. Ta'lim mazmunida shunday axborotlar bo'lishi kerakki, ular o'quvchi uzlashtirayotgan faoliyatning yo'naltirilgan asoslarini (qoida, ta'rif, xususiyat, tamoil, algoritm, metod) tashkil etilishi zarur. Ta'lim mazmunini tanlash uning maqsadiga mos holda darslikda yoritilishi kerak;yaratishning keyingi bosqichi va unda pedagogik tizimning aniklanishi didaktik jarayonlarni tanlash va ishlab chiqishdan iborat. Bu bos- kich darslikda o'quvchilarning bilishiga qaratilgan harakatlarini ma'lum tizimda ifodalashga va ta'lim maqsadiga mos holda bu faoliyatni bajarishni ta'minlashga tegishlidir; - darslikni yaratishning yakuniy bosqichi ta'limning tashkiliy shakllarini chegaralash hisob- lanadi. Darslikda mavzular bo'yicha o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar tizimi o'qitishning makbul shakllariga (dars, amaliy mashg'ulot, masala, topshiriq, uy ishi va xokazo) mos holda yoritilishi kerak. Bu o'qituvchi va o'quvchilarning darslikdan foydalanish faoliyatini tartibga solib turadi. Zamonaviy darslik mazmunini o'quvchi (talaba) larda uzining o'zbek millatiga mansubligini anglab yetishi, davlatimizning tashqi va ichki siyosatiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.24 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.24 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: ppt