Pedagogika fanlarini o'qitishda muammoli vaziyatlardan foydalanishning metodikasi

Pedagogika fanlarini o'qitishda muammoli vaziyatlardan foydalanishning metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika fanlarini o'qitishda muammoli vaziyatlardan foydalanishning metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika fanlarini o'qitishda muammoli vaziyatlardan foydalanishning metodikasi Reja: Muammoli ta'limning pedagogik asoslari. Muammoli o'qitishning tarixi haqida. Evristik usullar ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchisi sifatida Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar Muammoli o'qitishni chuqur o'rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo'lib, uning asosida Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi-degan g'oya yotadi. Muammoli vaziyatda bilish faoliyatining ketma-ketligi quyidagicha bo'ladi: muammoli vaziyat; muammoni yechish yo'llarini izlash; muammoning yechimi; Axborot texnologiyalari yoki postindustrial deb atalayotgan bugungi jamiyatda hayot shaxsdan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o'zgarayotgan sharoitlariga moslashishni talab qiladi. O'z navbatida hayotning bunday tarzi shaxs malum sifatlarga ega bo'lishini talab qiladi. Xususan: zarur bilimlarni mustaqil egallashni, egallangan bilimlarni turli muammolarni yechishda mahorat bilan qo'llashni; axborotlar bilan savodli ishlashni (malum masalani tadqiq qilish uchun zarur faktlarni yig'ishni bilish, ularni tahlil qilish, muammolarni yechishga qaratilgan gipotezalarni taklif qilish, qonuniyatlarni aniqlash, yangi muammolarni aniqlash va yechish); olingan bilimlarning qaerda va qanday qo'llanishi mumkinligini aniq bilish va bu bilimlarni qo'llash sohasini anglay olish; mustaqil tanqidiy fikrlash, real dunyoda paydo bo'layotgan qiyinchiliklarni ko'ra bilish va ularni bartaraf etishning optimal yo'llarini izlash; ijodiy fikrlash, yangi g'oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo'lish; turli ijtimoiy guruhlarda kirishimli bo'lish, birgalikda ishlashni bilish yoki nostandart vaziyatlardan chiqishni bilish; o'zining ma'naviyati, intellekti va madaniy salohiyati ustida mustaqil ishlash. Yuqorida aytilgan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta'lim mazmuni, balki qo'llanilayotgan o'qitish texnologiyalari ham muhim rol o'ynaydi. O'quv jarayoni o'qish va bilish faoliyatiga o'zgartirishning imkoniyatlaridan biri muammoli o'qitish texnologiyasini tatbiq etish. Chunki muammoli o'qitish jarayonida o'qituvchilar ham, o'quvchilar ham o'zlarining intellektual, jismoniy, ma'naviy imkoniyatlarini o'quv va amaliy muammolarni yechish uchun doim sinovdan o'tkazadilar. Bu jarayonda hosil bo'lgan ko'nikma va malakalar axborot jamiyati sharoitlarida yashash uchun zarur sifatlarni shakllantirishga olib keladi. an'anaviy ta'lim tizimida o'qituvchi va darslik bilimning asosiy manbasi bo'lsa, muammoli o'qitishning falsafasi va metodologiyasi o'qituvchining rolini o'quvchilarning izlanish-tadqiqotchilik faoliyatining tashkilotchisi, mutasaddi maslahatchi va yordamchi sifatida ko'radi. Bu rol an'anaviy o'qitishdagi roldan ancha murakkabroq va o'qituvchidan yuqoriroq mahorat talab qiladi. Muammoli o'qitishning tarixi. Muammoli o'qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui (1859-1952) g'oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shaxrida o'qitish asosini o'quv rejasi emas, balki o'yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan. O'qish, hisoblash, yozish bo'yicha mashg'ulotlar bolalarning fiziologik balog'atiga qarab o'z- o'zidan paydo bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq o'tkazilgan. Dj. Dyui o'qish uchun to'rt ehtiyojni ajratgan: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifoda, tadqiqiy. Bilish manbalari sifatida bolalarga quyidagilar taqdim etilgan: so'z, san'at asarlari, texnik qurilmalari. Bolalar o'yin va amaliy faoliyat- mehnatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 845.81 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:50 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 845.81 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga