PEdagogika fanlarni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish REJA: 1.Pedagogika fanlar tizimi hamda unda pedagogikaning o'rni va ahamiyati. 2. Pedagogik texnologiyalari tushunchasi va uning mohiyati. 3. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy tuzilishi. 4.Pedagogika fanlarni o'qitish jarayonida modulli ta'lim texnoloiyasidan foydalanish. 1.Pedagogika fanlar tizimi hamda unda pedagogikaning o'rni va ahamiyati. Pedagogika atamasi Qadimgi Gretsiyada (yer. av. V-VI) paydo bo'lib, peydagog bola, ago-yetaklayman, tarbiyalayman, bol yetaklovchi ma'nosini anglatadi. Pedagogika atamasi bir vaqtning o'zida turli ma'nolarni anglatadi: tarbiya, ta'lim, ma'lumot mazmuni va maqsadiga qaratilgan turli g'oyalar, fikrlar, qarashlar tizimi; tarbiya, ta'lim, ma'lumot masalalari bilan bog'liq ilmiy tadqiqotlar sohasi; san'at, tarbiyalash mahorati. Pedagogika fan tarmoqlari. Pedagogika turkumiga kiruvchi fanlar majmui 2-REJA: Pedagogik texnologiyalari tushunchasi va uning mohiyati. Noqobil o'qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo'yadi, yaxshisi esa uni topishga o'rgatadi. A.F. Disterverg. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ATAMASINING MOHIYATI NIMADA? Texnologiya yunoncha so'z bo'lib, techne-mahorat, san'at, logos tushuncha, o'rganish, ta'limot demakdir. Ta'lim-tarbiya mazmuni, maqsad hamda vazifalari davrlari o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari ularda ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya'ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanalarida o'z o'rniga bo'lgan keng ko'lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o'quvchi aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo'lib, ularga o'qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma'lum maqsadga erishish yo'lida turli ta'sirlar o'tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o'rtalarida AQSHda paydo bo'lib, 1940-50-yillar o'rtasigacha ta'lim texnologiyasi deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o'qitishga nisbatan qo'lanilgan. 50-60-yillarda programmalashtirilgan ta'limda nazarda tutilgan, 70-yillarda pedagogik texnologiyasi iborasi qo'llanilib, u avvaldan loyihalastirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini bildirgan. 80-yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Pedagogik texnologiyaga umumiy ta'rif Pedagogik texnologiya- bu o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi, butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayoni texnik resurslar va odamlarning o'zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo'llash va aniqlashning tuzimli metoddir. Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik texnologiyalar: uzluksiz ta'lim turlari bo'yicha; ta'lim sohalari bo'yicha; ayrim belgilari bo'yicha turlaga bo'linadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:50 ]
Arxiv ichida: pptx