REJA: 1. O'quv jarayonida o'quvchi-talabalar mustaqil ishlarining tutgan o'rni. Mustaqil ta'limga alohida diqqat qaratilishi 2. Mustaqil ishni tashkil qilishning xususiyatlari va tamoyillari 3. Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari Xulosa Tajriba ko'rsatadiki, boshlagan ishini sabr-toqat bilan mustaqil ravislida tinmay izlanish orqali oxiriga yetkazadiganlargina hayotda ko'zlagan maqsadlariga erishadilar. O'quvchi-talabalarda ana shu xislatni tarbiyalashda mustaqil ishlarni tashkil etish o'ziga xos alohida o'rin tutadi. Undan tashqari, hozirgi kunda axborot oqimini nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli o'qituvchi qanchalik mohir bo'lmasin, dars jarayonida fan bo'yicha barcha bilim, axborotlarni o'quvchi - talabalarga yetkaza olmaydi. Uni to'ldirishning yagona yo'li o'quvchi, talabalaning o'z ustilarida mustaqil ishlashlaridir. Mustaqil ishlashning yana bir ijobiy tomoni u mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi. Shuning uchun ham hozirgi kunda o'quvchi; talabalarning mustaqil ishini tashkil etishga alohida diqqat qaratilmoqda. O'zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimоv Asоsiy vazifamiz- Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz farоvоnligini yanada yuksaltirishdir nоmli ma'ruzasida «Biz farzandlarimizni nafaqat jismоniy va ma'naviy sоg'lоm o'sishi, balki eng zamоnaviy intеllеktual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivоjlangan insоnlar bo'lib, XXI asr ta- lablariga to'liq javоb bеradigan barkamоl avlоd bo'lib vоyaga еtishi uchun zarur barcha imkоniyat va sharоitlarni yaratishni o'z оldimizga maqsad qilib qo'yganmiz» dеb ta'kidlaydi va ana shu maqsadga erishish yo'lida barcha imkоniyatlarimizni safarbar etishni nazarda tutadi. O'quv jarayonida o'quvchi-talabalar mustaqil ishlarining tutgan o'rni. Mustaqil ta'limga alohida diqqat qaratilishi Resurslarning cheklanganligi bizni har bir qadamimizda tanlov zaruriyatini qo'yadi u o'z navbatida turli variantlar orasidan eng maqbulini tanlay olish uchun bilim, mahorat talab qiladi. Ikkinchidan, bozor iqtsodiga noaniqlik yo'ldosh. Har bir tanlov tavakkal bilan bog'liq. Uchinchidan, hozirgi paytda axborot oqimi nihoyatda katta. Texnika, texnologiyadagi yangiliklarni anglab ulgurib bo'lmaydi. Bularning hammasi yoshlarimizni har jihatdan barkamol bo'lishlari uchun o'z ustilarida mustaqil ravishda tinmay ishlash va izlanish ko'nikmasini hosil qilishni talab qiladi. O'quvchi-talaba mustaqil ishlash ko'nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo'lib yetisha olmaydi chunki,talabaning o'qish yillari davomida olgan bilimlarining ko'p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko'pgina bilimlar esa unutiladi. Bilim eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo'lgan hozirgi davrda mustaqil o'qishga, o'z ustida tinmay ishlash, izlanishga o'rganish har bir mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Taniqli olim G. Spenser tarbiya ishida o'z-o'zini takomillashtirish jarayoniga katta o'rin berilmog'i lozimligini ta'kidlab, insoniyat faqat mustaqil o'rganish tufayligina taraqqiy etganini ko'rsatgan. Ma'lumki, o'qitishning asosiy shakllari - ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi sinf, auditoriyada o'tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko'ra avvaldan rejalashtiriladi, o'quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditoriyadan tashqarida o'tkazilsa-da, unga ham avvaldan soatlar belgilanadi. Hozirgi taraqqiyot darajasi, uning nihoyatda tezlashuvi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.37 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.37 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:51 ]
Arxiv ichida: doc