Pedagogika nazariyasi va tarixi» Pedagogika nazariyasi va tarixi» bo'yicha ma'ruzalar matni bakalavrlaruchun O'zbekiston Respublikasining «Umumiy kasb ta'limi» bloki bo'yicha Davlat ta'lim standartiga asoslanib tuzilgan. O'quv fani sifatida «Pedagogika nazariyasi va tarixi» pedagogika o'quv-yurti talabalarini kasbiy-pedagogika tayyorgarligi tizimida yetakchi o'rinni egallaydi. Hozirgi davrda pedagogika fanini o'qitish bo'lg'usi o'qituvchilarda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ularda yangicha tafakkurni tarkib toptirish, o'qituvchi-tarbiyachi, yoshlar murabbiysi vazifalarini ijodiy bajarish, umumiy tayyorgarlikni ta'minlashga yo'naltirilgan. Respublikami Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1X sessiyasida so'zlagan nutqida takidlanganidek,«Mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlardanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyhunlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda»1. Pedagogika nazariyasidan xar bir bo'lg'usi o'qituvchi-bakalavr, qaysi fan mutaxassisi bo'lib etishishidan qatiy nazar o'quv-tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo'lgan pedagogik bilimlar va ko'nikmalarning umumiy xajmini, o'qituvchi-murabbiyga xos umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni egallashlari lozim. Ayni paytda o'rta maxsus va kasb hunar ta'limi o'qituvchilarining o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shunga ko'ra xar bir mutaxassis-o'qituvchi shaxsi o'ziga xos betakrordir va bu holat o'z navbatida bakalavr-bo'lhusi o'qituvchilarni pedagogikadan tayyorlash mazmuni, umumiy va o'ziga xos jihatlari va aloqadorligi o'zaro uyhunlikda namoyon bo'ladi. «Pedagogika tarixi» talabaning umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosimizga xurmat bilan munosabatda bo'lishga o'rgatadi. ta'lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta'lim, uning rivojlanish jarayoni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bohliqligi to'grisida aniq tasavvur hosil qiladi. Bo'lajak o'qituvchi pedagogika tarixi kursini o'rganish davomida boshqa psixologik-pedagogik o'quv fanlari, pedagogik tushunchalar yuzasidan fikr yuritadi hamda ularning mohiyatini tushuna boradi. Bunda maorif va pedagogikaning ijtimoiy taraqqiyot talabiga javob berganligi, ilmiy taraqqiyot bir butun tarbiya nazariyasi va amaliyot ekani hisobga olinadi. ta'lim amaliyoti, shuningdek, ta'limdagi yutuqlarning muhimligi ham nazarda tutiladi. U yoki bu pedagogik konsepsiyalar, ta'limotlarni tavsiflaganda shu ta'limotlar ijodqorining hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqealarni asos qilib olish nazarda tutiladi. ma'ruzalar maorif va pedagogika tarixini kishilik jamiyatining taraqqiyoti tarixi bilan uzviy aloqada bayon etishga mo'ljallangan. Pedagogik fikr rivojlanishini izchil o'rganish bo'lg'usi o'qituvchilarga hozirgi pedagogika o'tmishning ilg'or pedagogikasining uzviy davomi ekanligini ko'rsatish kelajak maorif va pedagogika taraqqiyoti yo'nalishlarini anglab olishga yordam berishi kerak. «Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanining maqsad va vazifalari - Bo'lg'usi o'qituvchilarning hozirgi zamon pedagogika fanining nazariy asoslari bilan qurollantirish; - «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish sharoitida O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ta'lim samaradorligini oshirish uchun ularda zarur ko'nikmalarni hosil qilish; - bo'lg'usi o'qituvchilarning pedagogik tafakkurini shakllantirish negizini yaratish; - pedagogik fikrlash qobiliyatini tarkib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.82 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.82 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:51 ]
Arxiv ichida: doc