Pedagogika nazariyasi TA'LIM NAZARIYaSINING ASOSChILARI Abu Ali Ibn Sino X-asrning oxiri XI asrning boshlarida yashab ijod etgan mutafakirdir.Ibn Sino 16 yoshidan boshlab barcha fanlar sohasida mustaqil mutolaa kila boshladi.Bu davrda u kunduzlari tinmay,kechalari uxlamay kitob o'qishga kirishadi.Bu kezlari bron kecha ham kun davomida uxlamas edi,kunduzlari ham boshqa narsa bilan shug'ullanmas edi.Kechqurunlari oldimga chiroqni qo'yib olib, to uyqu bosguncha o'qish va yozish bilan band bo'lar edim. Uxlayotgan vaqtimda ham o'sha o'ngimdagi masalalarni ko'rar edim. Shu taxlitda ko'p masalalar tushumda ayon bulur edi. Shunday qilib hamma ilimlarni mustahkam egallab oldim. Insonning qobiliyati imkon berar darajada ulardan xabardor bo'ldim. Shu sababli u 18 yoshida yetuk olib bo'lib etishdi. Ibn Sinoning ijodiy faoliyatini o'rganuvchi olimlarimiz uni 300dan ortiq ilmiy asarlar yozganligini aniqladilar. Bulardan 58tasi falsafa, 20tasi tibbiyot, 11tasi astranomiya, kimyo,fizika va boshqalar, 4tasi sheriyatga, 2tasi pedagogikaga doir edi. Hamma asarlarining negizida inson, uning kamoloti va tarbiyasi masalalari alohida o'rin egallagan. Ibn Sino o'z tarbiyasi sistemasini yaratdi, bunda odob, astronomiya, tibbiyot, mantiq, falsafa, tabiatshunoslik, til va uning grammatikasi, musulmon qonunshunosligi fanlarini kiritdi. U tarbiya jarayoni aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat (hunar o'rgatish) tarbiyalarining bir butunligini tashkil etadi deb ko'rsatgan edi. U maktabda o'qish, tarbiya ishlarini jamoat tarzida tashkil etish g'oyasining olg'a surdi, o'qitish jarayonini didaktik asoslarini yaratdi. Uning fikricha bolani kitobga band qilib qo'ymaslik, o'qish sekin-asta, engildan og'iriga qarab borish orqali olib borilishi kerak. O'qituvchilar bilan olib boriladigan mashqlar ularni yoshiga mos bo'lishi kerak. O'quvchilarning mayil hamda qobiliyatlarini hisobga olish zarur. Ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy pedagogik asosda chuqur yoritib berdi. U doimo insondagi yaxshi sifatlarini ko'ra oldi. Yaxshilik, odobli bo'lish, kamtarlik va insoniylik masalalariga ko'p asarlarida to'xtalib o'tgan edi. Ayniqsa, Ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rnini alohida ko'rsatadi. Bola tug'gilgach avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ngra esa uni tarbiyalab, yaxshi tarbiya qilishi kerak,- deb takidlagan edi. Ibn Sino Kitob- al Qonuni fit-tib (Tib qonuni)DonishnomaXay yak Yakzon qissasi,Xidoyat,Klunch,Risola - tul tayr,Tadbiri manozil va boshqa asarlaridan o'zining pedagogikaga doir qarashlari va ta'limotlarini bayon qiladi. Farobiy manbalarda Al-faylasuf ut-turkiy deb yuritiladi. Fa- robiyning millati darxaqiqat turk bo'lib, Movarounnahrda Farb viloyatining Vasij qishlog'idagi xijriy 257 (milodiy 870) yilda tug'ilgani, otasi armiya kumondoni bo'lgani aytiladi.Farobiy daslab Marvda taxsil ko'rgan.Keyin Bog'dodga ketdi. Falsafaga teran bir qiziqishi bor edi.Abu Mashr Mottabin Yunusdan mantiq darsi oldi.Oralikda bir bora Xarronga ketdi. Safarda Yuxonna bir Xaylon bilan tanishdi.Undan mantiq va falsafa ilmini o'rgandi. Ilm tahsilini qattiq sevganidan falsafiy madaniyatni ortirish uchun yana Bogdodga kaytdi; Yunon faylasufini va ayniqsa Arastu ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:51 ]
Arxiv ichida: doc