Pedagogika tarixi fani o'quv predmeti sifatida

Pedagogika tarixi fani o'quv predmeti sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika tarixi fani o'quv predmeti sifatida - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika tarixi fani o'quv predmeti sifatida. (O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarldarida ta'lim - tarbiya masallarini yoritilishi) Reja: 1. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi. 2. Prezident I.A.Karimov tarixiy merosimizdan foydalanish haqida. 3. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi. Mustaqillik tufayli ko'hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy kadryatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga muyassar bo'ldi. Bizga malumki sobiq sho'ro tuzumi davrida o'zbek xalqining madaniyati, maorifi, ijtimoiy ma'naviy, ma'rifiy sohadagi yutuqlari kamsitilib, asosan maorif va madaniyat g'arbda rivojlanib, keyinchalik sharqqa ta'sir etgan degan fikrlar singdirib kelingan edi. Mutaqilligimiz sharofati shundaki, tarixni buzib ko'rsatishga chek qo'yildi. Turon zaminida yashagan xalqlarning ma'rifiy-madaniy qarashlari eng qadimgi davrdan yuksak ekanligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi. Malumki, uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mexr-oqibat, mehnatsevarlik, do'stlik, saxovat kabi umuminsoniy fazilatlari ruhida tarbiyalab kelgan, xalqimiz yaratgan ma'rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. O'zbek xalqi tarixan ta'lim-tarbiya sohasida o'ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o'zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura xukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ning bizgacha etib kelgan ayrim sahifalarida o'z ifodasini topgan.Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. Chunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon - makedon qo'shinlari, so'ngra Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o'sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yo'qotib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta'lim-tarbiyaga oid an'analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o'rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Ovro'pa pedagogikasini asos qilib oldik va o'rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasi bilan G'arb pedagogikasining eng ilg'or an'analarini o'rganishga etiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval Sharqda taraqqiy etgan.Buyuk olmon olimi Xerler: «Sharq Yevropaning muallimidir» -deganda xaq edi. Yuqoridagi fikrlarning o'zi madaniyat, ma'rifat Sharqdan Yevropaga tarqalgan deyishga asos bo'la oladi. Chunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda «Avesto», So'g'd, Baqtriya, Urxun-Yenisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida yuzaga kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi. Xaqiqatdan xam shunday, o'zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. O'tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o'rganmoq birinchi galdagi vazifamizdir. Bu esa qadimiy boy ma'rifiy merosimizning qimmatli manbalarini bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy pedagogik tafakkuri istemoliga kiritishni taqozo etadi. VII - XII asrlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.6 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.6 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga