Pedagogika tarixi ilmining bahsi maqsad va vazifalari

Pedagogika tarixi ilmining bahsi maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika tarixi ilmining bahsi maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika tarixi ilmining bahsi maqsad va vazifalari Reja: Kirish. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. Pedagogika tarixi fanining ilmiy-nazariy va milliy asoslari. Pedagogika tarixi fanining manbalari, mazmuni, asosiy bo'limlari. Pedagogika tarixi fanining bo'lajak o'qituvchilarni kasbga tayyorlashdagi o'rni. Xulosa. Tayanch iboralar va so'zlar: Pedagogika, tarix, ilm, maqsad, vazifa, manba, asos, milliy asos, ilmiy asos, nazariy asos, ta'lim, tarbiya, Sharq, G'arb, maktab, madrasa, mutafakkir, o'qituvchi. Kirish. O'zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o'tgan qisqa vaqt ichida o'zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi; o'z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug' ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma'naviy merosni o'rganish sharafiga muyassar bo'ldi, milliy g'ururi qayta tiklandi; Respublikada ilm-fan, jumladan pedagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarilmoqda; o'tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g'oyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdek ulug' ishlar amalga oshirilmoqda. Eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikda O'rta Osiyoni Uzoq Sharq, yani Xitoy va Yaponiya singari uzoq mamlakatlar bilan bog'lagan «Ipak yo'li» nafaqat savdo, balki ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqa yo'l ham bo'lib, u ayniqsa, turkiy xalqlar madaniyati va ma'naviyati rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. O'sha davrdayoq O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida o'rnatilgan madaniy hamda ta'lim-tarbiya sohasidagi do'stona aloqalar keyinchalik yanada mustahkamlana bordi. Buni hayot o'zi taqozo etdi. «Ipak yo'li» bo'ylab ahli elat - o'zbek, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq, qirg'izlar bahamjihat ahillikda bir oiladek yashaganlar. Bunga bu xalqlarning turmush tarzi, og'zaki ijodlari va turmushdagi o'xshash tomonlar yorqin dalildir. Buni biz IX-XI asrlarda yashab ijod etgan ulug' mutafakkirlar, pedagoglar, shoir va yozuvchilarning asarlarida ham ko'rishimiz mumkin. Qadimdan ota-bobolarimiz yosh avlodni xayoli, imon-e'tiqodli komil inson qilib tarbiyalashga alohida etibor berganlar, bu ishda islomiy tarbiyaning ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati katta bo'lgan. Buyuk ajdodlarimiz bola tarbiyasi, madrasa, maktab, mudarris, o'qituvchi-pedagog, umuman maorif sohasida juda qimmatli fikrlar bildirganlar, bu sohada biz avlodlarga juda katta boy ma'naviy meros qoldirganlar. Ushbu ma'naviy boyliklarni chuqur o'rganib, tahlil qilib, amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib to hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini o'z ichiga oladi va davrlar talabi asosida o'rganadi. Pedagogika tarixi fani orqali ibtidoiy jamiyat davridan boshlab to hozirgi kunga qadar tarbiyaning kelib chiqishini, ijtimoiy taraqqiyotning o'zgarishi natijasida ta'lim va tarbiya jarayonlarining o'zgargan mohiyatini turli davrlarda maorif, ta'lim-tarbiya, maktab taraqqiyotiga qo'shilgan hissalarni, bu sohalarda yaratilgan yangiliklarni, bobokalonlarimizning maktab, ta'lim-tarbiya sohasida yaratgan kashfiyotlarining ma'naviy hayotimizga qo'shgan hissalari, yaratgan asarlari, hayot va faoliyatlari bilan tanishib o'tamiz. Pedagogika tarixi fani orqali biz ibtidoiy jamiyat davridan boshlab, hozirgi kunga qadar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.35 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.35 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga