Pedagogika tarixi Reja: 1. Pedagogika tarixi ilmining bahsi, maqsadi va vazifasi. 2. Pedagogika tarixi ilmining ilmiy nazariy va milliy asoslari 3. Pedagogika tarixi ilmining manbalari mazmuni, asosiy bo'limlari. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya maktab va pedagogika nazariyalarini taraqqiyotini urgandi. U sinfiy jamiyatdagi tarbiya nazariyasi va praktikasini sinfiy mohiyatini cheklanganligini progressiv pedagogik nazariyalarning reaksion nazariyalar bilan kurashni tarbiya nazariyani va praktikasining taraqqiyotidagi tarixiy qonuniyatlarini ochib berdi. Yosh avlodni o'tmishda tarbiyalash va o'qitish nazariyasi bilan praktikasining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib hozirgi jamiyatda yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda xal qilib bo'lmaydi. Tarbiya va ta'lim nazariyasi hamda praktikasini tarxiy davrlardagi rivojlanishi PYeDAGOGIKA TARIXIDA urganildi.Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayok paydo bo'lgan: Keksa avlod mehnat jarayonida ortirgan tajribalarini yosh avlodga o'rgatishga harakat kilgan. Kuldorlik tuzumi davrida ShARQDA tarbiyaga oid turli pedagogik qarashlar vujudga keldi. Demokratik, Platon, Aristotel va boshqalar qadimgi yunon filosoflari asarlarida tarbiyaning maqsadi vazifasi mazmuni va vositalari haqida fikrlar bildirilgan. qadimgi yunon filosoflarini tarbiyada etika va psixologik birligi prinsiplariga tayanish aqliy, axloqiy va jismoniy birligi to'g'risidagi g'oyalari pedagogik tafakkurning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Feodalizm jamiyati davrida ta'lim tarbiya ishlari xukmron feodal tuzumi va diniy mafkura maqsadiga qaratildi. Xususan o'rta Osiyoda tasavvuf maslagining reaksion shakllari maktab va madrasalarda katta ta'sir ko'rsatdi. ta'lim-tarbiya sohasida ikki oqim vujudga keldi. Birinchi oqim Gazoliy, Axmad Yassaviy, Sulaymon, Bokirgoniy kabilar madrasalarda aniq fanlardan takim berilishiga qarshi turdilar. Ikkinchi oqim dunyoviy ta'limni ilgari surdi. Bu oqimning mohiyati Al-Xorazmiy, Abu-Rayxon Beruniy, Farobiy Abu Ali Ibn Sino Ulug'bek, Nizomiy. Ganjaviy, Nosir, Xusrav, Sadiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi mutafakirlar faoliyatidan namoyon buldi. Bular tibbiyot mantiq, mo'zika, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlar bilan yosh avlodni tarbiyalash fikrini olga surdilar. Xususan Farobiy insonning ma'naviy yetuk va mukammal bo'lishi uchun jismoniy aqliy estetik va axloqiy tarbiyani birgalikda olib borish zarurligini kayd etdi. Sharq mutafakkirlari inson aql orqali xar qanday bilimni egallashga kodir ekanligini takidladilar va inson qobiliyatiga qattiq ishondilar. Kalila va Dimna, da shuningdek Kaykavusni Kobusnoma, Nizomul mulkning Siyosatnoma, Nosir Xisravning Saodatnoma, Rushnoinoma Yusuv Xos Hojibning Kutadigu Bilig, Mahmud Koshkariyning Devoniy Lugotit-Turk, Axmad Yugnakiyning, Xibbat ul xakoyik, Alisher Navoiyning Maxbub-ul kulub asarlarida ilg'or pedagogik-qarashlar ham ifodalangan. Insonni tarbiyalashni yaxlit nazariyasi bo'lgan pedagogika tarixi chek mutafakkiri Ya.K.Komenskiy nomi bilan bog'liq. Komenskiy Yevropatarbiyasini umumlashtirib ta'lim va tarbiyaning asosiy masalalarini ishlab chikdi. Sinf dars ta'limi sistemasini yaratdi. keyinchalik ingliz filosofii D.Lokk, fransuz materialistlari A.Gervetsi, D. Didro, J.J.Russo va boshqalar pedagogika fanini ilg'or g'oyalar bilan boyitdilar. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.84 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:51 ]
Arxiv ichida: doc