Pedagogika tarixining metodologik asosi Reja: Pedagogika tarixini fanlar tarixi bilan bog'liqligi Xalq pedagogikasining metodologik asosi Pedagogika tarixi va tasavvufning bog'liqligi Barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish Sharq mutafakkirlari ijodida ta'lim-tarbiya nazariyasini rivojlantirilishi Komil inson ta'limotining tarixi Tarixiy-badiiy asarlarni pedagogik tahlil metodlari Pedagogika tarixini fanlar tarixi bilan bog'liqligi Har bir fanning tarixiy taraqqiyoti, erishilgan yutuqlar, uning nazariy va metodik asosining o'zi metodologik xususiyatga ega. Ma'lumki, ko'pgina pedagogik tadqiqotlarda fanning rivojiga hissa qo'shgan mutafakkirlarning ta'limoti metodologik asos sifatida ifodalanadi. Zero, ta'lim - tarbiya kishilik jamiyati paydo bo'lgandan boshlab paydo bo'lgan, u tarixiy, umuminsoniy va milliy harakaterga ega. Bu boradagi tajribalar, g'oyalar, ta'limotlar, qonuniyatlar umumlashmasi yozma va og'zaki, hayotiy an'analar, qadriyatlar shaklida kelajak avlodlarga o'tib kelgan. Har bir davr, xalq, uning olimlari fanning rivojiga o'zining hissasini qo'shgan, g'oyalarni to'ldirgan, tahlil etgan. U yoki bu sohada ilmlarning tarixiy taraqqiyot tahliliga fan tarixi deyiladi. Fan tarixini o'rganilishi haqida professor N. SHermuhammedova: XIX asrgacha fan tarixi alohida muammo sifatida na faylasuflar, na boshqa soha olimlari tomonidan yetarli o'rganilmagan edi degan xulosaga keladi va Fan tarixini o'rganish XX asrda boshlangan bo'lsada, unga azaldan falsafaning yoki umumiy madaniyat nazariyasining bir bo'limi sifatida qaralgan - deb yozadi. Bu fikr ayrim fanlargagina taalluqli bo'lishi mumkin. Lekin IX asrdayoq Abu Nasr Forobiyning2 Arastu asarlarining tahlili, Abu Rayhon Beruniyning Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar, Hindiston asarlari, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning adabiyotshunoslik haqidagi tazkiralari, Firdavsiyning Shohnoma asarida 50 podsholik davrida ta'lim-tarbiyani yoritilishi fanlar tarixi haqida tarix emasmi. Jumladan, pedagogika miloddan oldingi V-IV asrlardayoq qadimgi Yunonistonda ta'lim - tarbiyachilik faoliyati, ta'lim - tarbiya jarayoni ifodasi ekanligi uni tarixiyligidan dalolat beradi. Inchunun, pedagogik g'oyalarning tarixiy taraqqiyoti, ilmiy asoslangan qonuniyatlar fanni rivojlanishi uchun metodologik qo'llanma bo'ladi. Hayot sinovlaridan o'tgan ta'lim - tarbiya mazmuni, metodlari, shakl va vositalari pedagogika fanining ravnaqi uchun mustahkam poydevordir. Mustaqillik tilimiz, dinimiz, madaniy boyliklarimizdan bahramand bo'lish imkoniyatlarini, huquqini berdi. Bugungi kunda O'zbekistonda pedagogika tarixi bo'yicha alohida darsliklar, o'nlab o'quv qo'llanmalari, risola va kitoblar chop etildi. Albatta, ulkan madaniy xazinani o'rganishga har xil yondashuvlar mavjud. Ammo, xalq pedagogikasi va pedagogik merosni o'rganish va undan samarali foydalanish metodologiyasi ishlab chiqilmagan. Ta'kidlash lozimki, metodologiya ilmiy bilish mexanizmi, metod, usul va vositalar yig'indisi sifatida fanlar taraqqiyotining omili, nazariy asosidir. Albatta, har bir obyektiv voqelikni, jumladan, tarixiy taraqqiyotni o'rganish maqsadidan kelib chiqadigan metodologik tamoyili mavjud. Uzoq va qt pedagogik merosni o'rganish bir tomonlama, kambag'al, proletar tarbiyasi tarixini ideallashtirishga qaratilgan edi. Bunga zid ijtimoiy ta'lim - tarbiya ayovsiz qoralanardi. YA'ni xalqning madaniy merosini o'rganishda millat manfaati emas, balki ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
522.49 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
522.49 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:51 ]
Arxiv ichida: doc