Pedagogika umumiy asoslari ta'lim umumiy madaniy fenomen sifatida

Pedagogika umumiy asoslari ta'lim umumiy madaniy fenomen sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika umumiy asoslari ta'lim umumiy madaniy fenomen sifatida - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika umumiy asoslari ta'lim umumiy madaniy fenomen sifatida Reja: Pedagogika fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi, metodologik asosi va boshqa fanlar bilan munosabati. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi. Pedagogikaning tadqiqot metodlari Shaxsning rivojlanishi va tarbiyasi. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan pedagogik va kasbiy talablar. Pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat. Pedagogika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ta'lim sohasida ham keng islohotlar boshlandi. Oliy Majlisning 1997 yil 27 avgust kuni bo'lib o'tgan 1X sessiyasida Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli so'zlagan nutqida ta'lim islohatlarini amalga oshirish yo'llari va usullari to'g'risida gapirib o'tdi. Shu sessiyada «ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Bu qonun va dasturda O'zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy modeli o'z aksini topgan. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da asosiy masalalardan biri sifatida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarini yaratish qilib belgilangan. Dasturda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ham etibor qaratilgan. Shu sababli, hozirda faoliyat ko'rsatayotgan muhandispedagoglarni qayta tayyorlash ishi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining Qayta tayyorlash fakultetiga yuklatilgan. Qayta tayyorlanishga kelgan har bir tahsil oluvchi yangi o'quv muassasalarida o'z faoliyatini tashkil qilishi uchun bir necha fanlarni mukammal bilishlari zarur. Shu fanlardan biri «Umumiy pedagogika» o'quv fanidir. «Pedagogika» atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib «bola etaklamoq», manosini anglatadi. keng manoda tarbiya haqidagi fan; o'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish; umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan degan manolarni bildiradi. Umumiy pedagogikaning obyekti asosan o'quvchilardir, predmeti esa o'quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir. Umumiy pedagogika ta'lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o'zgarib borishini o'rgatadi, tarbiyaning tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni ochib beradi. Demak, umumiy pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson va kasb-hunarli qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir. Kishilik jamiyati yosh avlodni doimo tarbiyalashdan iborat bo'lgan. Yosh avlodga ijtimoiy-siyosiy tajribani zarur bilimlar va amaliy ko'nikmalar ko'rinishida berishdan, ularni hayotga va mehnatga tayyorlashdan manfaatdor edi. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida tarbiya faqat amaliy yo'l bilan ijro etilgan. Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, bu pedagogikaning predmetidir, yani u o'rganadigan hodisalar doirasidir. Pedagogika tarbiya haqidagi fan hisoblanadi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o'quvchi hisoblansa, subyekti esa o'qituvchi hisoblanadi. Pedagogika fani faqat bolalarni emas, balki yoshlarni ham, kattalarni ham qamrab oladi. Bir qator fanlar falsafa, sotsiologiya, etika, ektetika, psixologiya kabilar tarbiya masalalari bilan shug'ullanadilar. Biroq, ularning har biri tarbiyaga malum bir tomondan yondashadi. Falsafa va sotsiologiya tarbiyani ijtimoiy taraqqiyot omili deb qaraydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.93 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.93 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga