Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari

Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoilashuv, jamiyat. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Ijtimoiylashuv jarayoni. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA KATEGORIYALARI Shaxs - alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o'zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o'z yo'nalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U o'ta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, o'zini o'zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig'i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxsning shakllanish omillari ko'p va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o'z turdoshlari bilan munosabatlar Rivojlanish - tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli o'zgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga o'tish. Rivojlanish natijasida obyektning - tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obyektning sekinasta sodir bo'luvchi miqdor o'zgarishlari bilan bog'liq evolyusion Rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat o'zgarishlaridan iboratinqilobiy Rivojlanish Evolyusion Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga o'tishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yo'li bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga o'tishini bildiradi. Evolyusion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz o'tishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur bo'ladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yo'q qilinib, keskin sifatiy o'zgarishlar amalga oshiriladi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga o'tishning evolyusion Rivojlanish yo'lini tanladi. Bu yo'l jamiyat a'zolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yo'ldir. Faoliyat - kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning o'zini o'zi maqsadga muvofiq tarzda o'zgartirish usuli, inson borlig'ining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon bo'lishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi ta'minlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning o'z xavfsizligi ta'minlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka bo'lgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning o'zgartirilishi); ijtimoiysiyosiy (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga ta'sir ko'rsatish); ma'naviy (ilmfan, san'at, din, badiiy ijod va boshqa sohlar. Jamiyat - kishilar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yig'indisi; tabiatning bir qismi; ijtimoiy borliq. Jamiyat g'oyat murakkab va ko'pqirrali hodisa bo'lib, muttasil ravishda o'zgarish va rivojlanish xususiyatiga egadir. Juda qadim zamonlardanoq insoniyatning ulug' mutafakkirlari jamiyat mohiyatini bilishga va insonning jamiyatdagi o'rni va rolini belgilashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishi to'g'risida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 230.12 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 230.12 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga