Pedagogikani o'rganish zaruriyati. Ma'rifiy qadriyatlar va maqsadlar

Pedagogikani o'rganish zaruriyati. Ma'rifiy qadriyatlar va maqsadlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikani o'rganish zaruriyati. Ma'rifiy qadriyatlar va maqsadlar - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikani o'rganish zaruriyati. Ma'rifiy qadriyatlar va maqsadlar Reja: Insoniyat jamiyat tarixida bilishning taraqqiy etishi. Dunyoqarash va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik layoqat - mutaxassisni shaxsiy va kasbiy yuksaltirish. Ma'rifat shaxs kamolotining birligi sifatida. Tayanch tushunchalar: bilish, dunyoqarash, olam, borliq, e'tiqod, ma'rifat, shaxs, akmeologiya, ta'lim, tarbiya. Ma'lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e'tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo'ldi. Bu jarayon minglab yillarni o'z ichiga olgan bo'lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo'lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o'z ifodasini topgan. Ruhga sig'inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig'inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e'tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so'g'd hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o'rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz: Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko'rgazmali ashyolar. Xalq og'zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. Ibtidoiy jamiyatda bola o'zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko'nikmalarini o'zlashtirgan. Bu holat og'ir sharoitda kechgan. o'g'il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o'zlashtirar edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an'analarga ko'ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma'lum tajribalarga ega bo'lardilar. Bola ma'lum tayyorgarliklardan so'ng maxsus sinovlardan o'tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo'lga kiritar edi. Ushbu an'ana, ya'ni, bolalarni ma'lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko'zga tashlanadi. Urug'chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko'lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko'payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o'rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang'ich ko'rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san'at sirlarini o'rgatish ancha murakkab ish bo'lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo'lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar. Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o'lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.18 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.18 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga