Pedagogikaning fan sifatida asoslanishi

Pedagogikaning fan sifatida asoslanishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning fan sifatida asoslanishi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning fan sifatida asoslanishi Reja: 1. Pedagogikaning fn siftida rivojlanishi. 2. Falsafa pedagogikaning metodologik asosi. 3. Pedagogika atamasining kelib chiqishi. 4. Maktablarning peydo bo'lishi. XXI asr bo'sag'asida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonunida (1997 yil 29 avgust) ta'lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb elon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulug'vor vazifalarni yukladi. Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, axloqi yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy nematlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib, doimo yonib yashash hissi bilan sug'orilgan bo'lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy komil insonni tarbiyalash oliy ta'lim muassasalarining, qolaversa barcha turdagi ta'lim mussasalarining asosiy vazifasidir. Har bir mustaqil fan o'zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o'zining predmetiga ega bo'ldi. Pedagogikaning kishilik taraqqiyotida alohida o'rni, funksiyasi, ilmiy bilish sohasi mavjud. Pedagogika tarbiya ilmi hisoblanadi. Tarbiya oddiy va sodda qilib tushuntirilganda, o'sib kelayotgan yosh avlodni mazkur muhit, jamiyat talablari asosida hayotga tarbiyalashdan iborat. Tarbiya jarayonida yosh avlod o'zidan oldingi avlod tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtiradi, jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallash va hayotiy tajribaga ega bo'lish uchun o'z saviyasi va dunyoqarashini shakllantiradi. Pedagogik manoda tarbiyada deganda umuman o'quv-tarbiya tizimida yoki alohida olingan bir o'quv-tarbiya muassasasida amalga oshiriladigan, malum maqsadga yo'naltirilgan tarbiyaviy jarayon tushuniladi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo'lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo'ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, eb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir AbdullaAvloniy Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo haloqat: yo saodat, yo faloqat masalasidir degan edi. Bu fikr hozirda ddekmokratik jamiyat qurayotgan, kelajakda buyuk davlat barpo qilish niyatida bo'lgan O'zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo'lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug'ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug'ilgandan keyin o'z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko'tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o'z o'rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, yani tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o'zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, yani yangi tug'ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga