Pedagogikaning ilmiy asoslari

Pedagogikaning ilmiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning ilmiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning ilmiy asoslari Reja: Pedagogika predmeti Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari Pedagogika fanining vazifalari Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi Pedagogika fanlari tizimi Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofik yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy etiborni xaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika ((ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o'rgatuvchi», didasko «o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va xokazo muammolarni tadqiq etadi. ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim xar bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yunaltiriladi. Umumiy ta'lim asosida uzlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta'lim - uzida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. ta'lim, shuningdek, turli darajadagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishiga ko'ra maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bulinadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o'stirish, uning ongi, xulk-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo'lida olib borgan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat kilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat xollarda, mehnat va o'yin jarayonlarida uzlashtirilgan. mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi bois ugil va kiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.39 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.39 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga