Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari

Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning metodologik asoslari. pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati. 2. Jamiyat va olamning garmonik muvozanatida inson omili. 3. Pedagogikaning obyekti va predmetining takomillashganligi. 4. Pedagogikaning maqsad, vazifalari va asosiy tushunchalari (kategoriyalari). 5. Milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning tutgan o'rni XXI asr bo'sag'asida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiklashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmokda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida kabul kilinmokda. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisida»gi qonunida (1997 y.) ta'lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli ulugvor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma'naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uygunlashtirib fakat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib kolmasdan umumjahon ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo'lib ko'shilmokda. Chunki jahonda xali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o'tish tajribalarida ma'naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uygun holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma'naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:Ma'naviyat - taqdirning exsoni emas. Ma'naviyat inson kalbida kamol topishi uchun u kalban va vijdonan aql va ko'l bilan mehnat qilishi kerak, degan edilar. Ma'naviyat insonda shakllanishi lozim bo'lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo'lishi bilan bir katorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uygundir. Buni Prezidentimiz o'zlarining O'zbekiston - XXI asrga intilmokda nomli ma'ruzalarida kuyidagicha juda yakkol asoslab berdilar:Ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uygotadigan kudratli botiniy kuchni tasavvur kilaman. Xuddi ana shu yangi, keng kamrovli, chuqur ilmiy g'oya, yangicha fikr, ta'lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yo'nalishdir. Har bir mustaqil fan o'zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o'zining predmetiga ega bo'ldi. boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo'lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo'ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas kismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir A.Avloniy ta'kidlaganidek, Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo xaloqat: yo saodat, yo faloqat masalasidir. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo'lgan. Insonni dunyoga kelishi, fakat tug'ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug'ilgandan keyin o'z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko'tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o'z o'rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.52 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.52 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga