Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati

Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati Reja: 1. Pedagogika fanining maqsadi 2. Pedagogika fanining metodologik asoslari 3. Pedagogika fanining asosiy tushunchalari va tarmoqlari 4. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi va ilmiy-tadqiqot metodlari Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi, faqat tug'ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki u malum layoqat qobiliyat kurtaklari bilan tug'iladi. Lekin u inson, shaxs sifatida oilada ota-onalar; jamiyatda esa tarbiyachi-ustozlar va turli jamoalarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati orqali shakllanadi. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o'zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta'lim-sohasidagi to'plangan tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tatbiq qilish jarayonida jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida pedagogika fani va pedagogik ta'lim vujudga keldi. Shu sababli ta'lim va tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki ta'lim-tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni va shaxsning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Pedagogika dastlab yoshlarga ta'lim va tarbiya berish haqidagi ta'limot sifatida vujudga kelgan bo'lsa, sekin-asta bu sohadagi izlanishlar doirasi kengaya bordi. Hozirgi kunda pedagogika barkamol shaxsni shakllantirish qonuniyatlari to'g'risidagi fan sifatida ta'lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, ta'lim davlat standartlari, ta'lim va tarbiyaning usullari, uni tashkil etish shakllari va qonuniyatlari haqida bilim, ma'lumot beradigan fanga aylandi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog'i hisoblangan pedagogikaning ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy asoslari yaratilib, pedagogika fanlar majmui paydo bo'ldi. Bizningcha, pedagogika turkumiga kiruvchi fanlar majmuini 4 yirik guruhga ajratib o'rganish maqsadga muvofiqdir. Barcha pedagogikaga oid fanlarga asos bo'lgan pedagogika tarixi va nazariyasi guruhiga pedagogika tarixi, didaktika va umumiy pedagogika kiradi. Umumiy pedagogika guruhiga - uzluksiz ta'lim jarayonining har bir bosqichidagi pedagogik jarayonning o'ziga xosligini asoslab beruvchi - oila pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi va kattalar pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, harbiy pedagogika, menejment pedagogikasi, iqtisodiy pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi va boshqa tarmoqlarga bo'lingan. Undan tashqari, sezgi organlarining biron bir turi ishlamaydigan kishilarga bilim berishning o'ziga xos tomonlarini o'rganuvchi maxsus pedagogika guruhiga - surdopedagogika, tiflopedagogika va olifrenopedagogikalar kiradi. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo'l-yo'ruqlarini ko'rsatib beruvchi uslubiyat (metodika)ni ham, o'z navbatida - maktabgacha ta'lim uslubiyati, umumta'lim uslubiyati, hunar ta'limi uslubiyati, oliy ta'lim uslubiyati va malaka oshirish uslubiyati va boshqa tarmoqlardan iborat. Bu pedagogik fanlar o'zaro uzviy bog'liq bo'lib, biri-birini taqazo etadi, biri- birini to'ldiradilar (1-shakl). 1-shakl. Pedagogika fanlari majmui. Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi guruhning uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan bo'lsak, bularning uchalasi boshqa pedagogik fan tarmoqlariga asos bo'lib, o'zaro bog'liqdirlar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 143.22 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 143.22 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga