Pedagogikaning predmeti va uning bahsi

Pedagogikaning predmeti va uning bahsi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning predmeti va uning bahsi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning predmeti va uning bahsi Reja: 1.Pedagogikaning predmeti. 2. Asosiy pedagogik tushuncha. 3. Pedagogika fanining tuzilishi va uni boshqa fanlar bilan bog'liqligi. 4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. 1. Pedagogika nima? Nima bilan shug'ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi? degan savollarga pedagogika tarbiya haqidagi fan; pedagogika o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika - umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan deb javob berishimiz mumkin. Bu ta'riflardan voz kechmagan holda ta'lim-tarbiya muassasalarida shunga mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatni pedagogikaning bahsi deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to'plangandan keyin o'sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo'ladi. Ba'zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi. Ta'lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o'zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo'shganlar. Mashhur hind masali Kalila va Dimna, Nizomul Mulkning Siyosatnoma, Nosir Xisravning Saodatnoma, Ro'shnoinoma, Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilik, Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lug'otit turk, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko'pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir. Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo'ldi. XVII-XIX asrlarga kelib O'rta Osiyoda pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma'rifat jonkuyarlari yetishib chiqishdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o'rtasida ma'rifatni targ'ib etishda jonkuyarlik qildilar. Bugungi kunda allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlari bilan bir qatorda xalq donishmandligi bo'lgan maqollar, ertaklar, dostonlar, topishmoqlardan keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi pedagogika fanining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Pedagogika fanining asosiy tushunchalari: ta'lim, tarbiya, ma'lumot, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi. Ta'lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o'tkaziladigan, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobilyatlarini o'stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya - yosh avlodni ma'lum faoliyatiga tayyorlash uchun ma'lum maqsadga qarata rejali va bir tizimda ta'sir etish jarayonidir. Ma'lumot - ta'lim - tarbiya jarayonida olingan va tartibga solingan bilim, egallangan ko'nikma va malakalar, hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui. Ta'lim, tarbiya va ma'lumot inson shaxsini aqliy, jismoniy va ma'naviy jihatdan shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. Ta'lim, tarbiya, ma'lumot va shaxsning shakllanishi, rivojlanishi o'zaro bog'langan bo'lib, bir jarayonda amalga oshiriladi. Ta'lim va tarbiya tarkibiy jihatdan bir yaxlit jarayondir. Ta'lim jarayonida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga