Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari

Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari Reja 1. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. 2. Pedagogikaning fan sifatidagi taraqqiyoti. 3. Tarbiyani harakatga keltiruvchi kuchlar. 4. Asosiy pedagogik tushunchalar. 5. Pedagogikaning fanlar tizimi. 6. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogika fanining vazifalaridan kelib chiqqan holda unga quyidagi ta'rifni berish mumkin: Pedagogika ta'lim - tarbiyaga oid bilimlarni mushtarak holda jamlab, ularni saralab sinovdan o'tkazuvchi va bir tartibga keltiruvchi, ularni boshqalarga o'rgatuvchi fandir. Pedagogika fanining asosiy vazifasi butun dunyodagi ma'rifat sohasiga tegishli bilimlarni to'plab, ularni didaktika ko'rigidan o'tkazishdir. Didaktika ko'rigidan o'tkazish deganda, pedagogikaga tegishli maqola, risola va yirik asarlar mazmuni va mohiyatini didaktika tamoyilidagi talablarga solishtirib ko'rish tushuniladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, chop etilayotgan pedagogikaga oid asarlarning 7-10 foizi didaktikaning tamoyillariga to'g'ri kelar ekan. Shuning uchun pedagogika fanining birinchi vazifasi nashrdan chiqqan pedagogikaga oid asarlarni didaktika tamoyillari bilan taqqoslab, tahlil qilishdir. Amaliyotchi - o'qituvchi va pedagoglarning vazifasi pedagogik adabiyotlarni o'z faoliyatida ko'r - ko'rona qo'llayvermasdan, ularga tanqidiy yondashib, didaktika tahlilidan o'tkazib qo'llashdan iboratdir. Pedagogika fanining ikkinchi vazifasi, muayyan asar didaktikaning barcha tamoyillariga mos kelishi ma'lum bo'lgandan keyin, uning mahalliy sharoitga to'g'ri kelish - kelmasligini aniqlashdir. Chunki, har qanday ijtimoiy voqelikda, shu jumladan ta'lim - tarbiya jarayonida ham hukm suruvchi qonuniyatlar ma'lum bir ijtimoiy sharoitning obyektiv borlig'ini qanchalik to'la ifoda etgan bo'lishiga qaramay, boshqa ijtimoiy sharoitga to'g'ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun ham maorifchi olimlar, o'z hududidan tashqarida pedagogikaning hamma qonuniyatlariga asoslanib, yaratilgan ta'lim - tarbiya usul va uslublarini o'z hududida qaytadan sinab ko'rishlari shart. Pedagogika fanining uchinchi va asosiy vazifasi pedagogik sohada asrlar davomida to'plangan bilimlarni dars berishning ma'lum usuli va uslublari yordamida, tasdiqlangan reja va dasturlar asosida o'qituvchilarga berish va bu bilimlarni amaliyotda qo'llashni o'rgatishdir. Pedagogika fanining predmeti. Pedagogika - tarbiya haqidagi fan. Pedagogikaning asosiy tushunchalari - tarbiya, o'qitish, rivojlantirish, ma'lumot va ularning o'zaro aloqasi. Pedagogika (paydagogos - grekcha «bola» va «yetaklash» ma'nosini bildiradi) insonni shakllantirishda muayyan tizim, faoliyat hamda ta'lim - tarbiyaning mazmuni va metodlari haqida bahs yuritadi. Pedagogikaning an'anaviy tushunchasi - o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va o'qitish. XIX asrgacha pedagogika to'g'risida shunday tushuncha mavjud edi. Hozirgi paytda pedagogika predmeti kengaydi, chunki yangi yo'nalishlar paydo bo'ldi. Jumladan, kasb ta'limi pedagogikasi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi. Pedagogika fanining predmeti - o'qitishning, ta'lim - tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan insonlarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantirish. O'rta - Osiyoda dastlabki pedagogik fikrlarning paydo bo'lishi va uning xalq og'zaki ijodiyotida ifodalanib, fozil insonni shakllantirish uchun xizmat qilganligi. Pedagogika fanida tarbiya asosiy kategoriya hisoblanib, u jamiyat va oilada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.03 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 66.03 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga