Pedagogikaning qadimiy manbalari R Ye J A: 1. Jamiyatning turli bosqichlarida tarbiyaning kelib chiqishi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti. a) Tarbiyaning kelib chiqishga oid turli hil qarashlar. b) Ibtidoiy jamiyatda tarbiya va uning mazmuni, maqsad vazifalari. 2. Quldorchilik jamiyatida tarbiya, uning sinfiy xarakteri. 3. Insoniyat taraqqiyotidagi ilk pedagogik g'oyalar va ularning maqsad vazifalari. TARBIYa - ijtimoiy hayotning zaruriy hodisasi. U jamiyatning yanada rivojlanishi, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarini, mehnat jarayonini, insonning o'zini, uning ma'naviy va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish uchun zarurdir. Tarbiya doimo jamiyat uchun juda muhim vazifani bajargan va kishilarning turli avlodlari o'rtasidan aloqa va vorislikni amalga oshirgan. Biroq, har qanday iqtisodiy formatsiya uchun, zarur bo'lgan holda tarbiya o'z maqsadi va vazifalari, o'zining mazmuni, forma va metodlari bo'yicha o'zgarib borgan. Bu o'zgarishlar ijtimoiy munosabatlar, yani jamiyat tarqqiyotining turli bosqichlarida kishilar o'rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Jamiyatda qanday ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilishiga qarab, mazkur jamiyatda o'z rolini bajarishi uchun muayyan tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar talab etiladi. Bunday qishilarni tayyorlash uchun har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya o'z tarbiya sistemasiga ega bo'ladi. Bu sistema mazkur davr talablariga mos keladi. Bu talablar, jamiyatning sinfiy strukturasiga qarab turlicha qanoatlantiriladi. Shuning uchun tarbiya tarixiy va sinfiy xarakterga ega, u jamiyat bilan birga o'zgaradi va sinfiy xarakter kasb etadi, yani o'z vazifasi, mazmuni va tashkil etilishiga ko'ra hokimiyat tepasida turgan sinf manfaatlariga bo'ysinadi. (Belorusova V. V. va boshqalar. T. 199 yil 5-6 bet) TARBIYaNING KYeLIB ChIQIShGA OID TURLIChA QARAShLAR Tarbiyaning paydo bo'lishi masalasi katta prinsipal ahamiyatga ega. Olimlar bu masalaga turlicha qaraydilar. Malum guruhdan olimlar ibtidoiy odamlarning iqtisodiy hayoti va mehnat faoliyati bilan ijtimoiy taraqqiyotining eng dastlabki bosqichidan bolalar tarbiyasi o'rtasida mahkam bog'lanish borishini inkor etadilar. Ular tarbiyani biologik jarayon qilib ko'rsatishga urinadilar. Masalan: Sh. Leturno, A. Espinas hayvonlarning instinktiv harakatlarini ibtidoiy odamlarning tarbiyaviy ishlariga o'xshatadilar va tarbiyaning asosi odamlarning o'z zotini davom qildirishga instinktiv ravishda intilishda-iborat, bunda tabiiy tanlanish qonuni amal qiladi, degan noto'g'ri hulosaga keladilar. P. Monro nazariyasiga ko'ra tarbiyaning asosi bolalarning kattalarga faol ravishda taqdim qilishga instinktiv intilishdan iborat degan fikr yuritadi. Umuman tarbiyaning kelib chiqishi Sh. Leturno, A. Espinos, P. Monroning qarashlaricha biologik jihatdan talqin etiladi. Islom dinida tarbiya bu olloxdan nisbat olish ma'naviy barkamollikka erishish orqali olloxning inomi jannatga erishish deb hisoblaydilar. Muqaddas «Quron» ko'rsatmalariga qatiy amal qilish, «hadis»lar asosida ollox elchisi Muhammad payg'ambar, uning safdoshlari va avliyolar, pari-shayxlardan ibrat olish deb hisoblaydilar. Aynan diniy qarashlarda mutloq axloq, ideal sohibi ollox hisoblanib, diniy etikaga rioya qilish tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi. F. Engels ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.46 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.46 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:52 ]
Arxiv ichida: doc