Pedagogikaning umumiy asoslari

Pedagogikaning umumiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogikaning umumiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogikaning umumiy asoslari Reja: Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari Pedagogika fanining maqsadi: Pedagogika fanining vazifalari Pedagogika fanining tarmoqlari Asosiy pedagogik kategoriyalar Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy nematlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug'orilgan bo'lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni tarbiyalash pedagogika o'quv yurtlarining, o'quv muassasasi, litsey, gimnaziya, kollej, institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Buyuk alloma A. Avloniy takidlaganlaridek: «Tarbiya biz uchun yo hayot. yo mamot, yo najot, yo haloqat, yo saodat, yo faloqat masalasidir». Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim. Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo'lgan milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, o'chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi. Buning uchun avvalo milliy g'urur, milliy ong, milliy g'oya, ma'naviyat, yuksak madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. Chunki tarixni bilmasdan, o'rganmasdan undan ruhiy, ma'naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi orzu umidlarga erishib bo'lmaydi. Demak, Pedagogika fanining predmeti, o'qitishning, ta'lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo'lganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma'naviy rivojida shaxs kamoloti uyg'unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Tarbiya jamiyatning vazifasi bo'lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta'sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g'oyalari ta'sirida aniq shaklga ega bo'ladi, shuning uchun ham ko'p jihatdan ma'rifatchi va pedagoglar faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan birga tarkib topgan bo'lsa, ta'lim nazariyasi fan sifatida bir muncha keyinroq shakllangan. Tarbiya jamiyat hayotida sezilarli rol o'ynaydi. Jamiyatda tarbiya jarayonida to'plangan tajribani umumlashtirish ehtiyoji tug'ilib, o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlash imkonini beradigan maxsus o'quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo'lishi bilan birga, ta'lim nazariyasi ham fan sifatida rivojlana boshladi. Ibtidoiy jamoa davrida ham ijobiy tarbiya tajribasini ommalashtirishga urinish kurtaklari bo'lgan. Masalan, kattalar va yoshlar o'rtasidagi munosabatlar bilan, keyinroq turli odat va marosimlar bilan bog'liq o'zini tutishning bazi bir ko'rinishlari shakllana boshlagan. Qadimiy va O'rta Sharq adabiyoti namoyondalari orasida nazariy-pedagogik tusga ega qator ilmiy qarashlar mavjud bo'lgan. Ular orasida Al-Farobiy, Alisher Navoiy va boshqalarning asarlarini misol keltirish mumkin. Feodalizm davrida tarbiya asosan din ta'sirida bo'lgan. Shuning uchun ham ta'lim nazariyasining asosiy g'oyalari diniy ilm orqali ifodalangan. Tarbiya nazariyasining g'oyalari ancha oldindan ilgari surilgan bo'lishiga qaramay pedagogik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.83 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.83 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga