Pedagoglar jamoasida muomala odobi Pedagoglar jamoasida o'qituvchilar o'rtasidagi muomala, munosabatlar insonparvarlik, demokratiklik, ixtiyoriylik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda, ikki xil bo'lib, biri - rasmiy, ikkinchisi - norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala, munosabatlar O'zbekiston Respublikasining qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala pedagogik etikaning (o'qituvchi odobining) qonuniyatlariga asoslanadi va jamoaning xar bir azosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muomala odobi psixologik qonuniyatlar, odob normalari, qoidalari, talablari pedagoglar jamoasining fikri asosida boshqariladi. Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish - bir kishining ishi emas, uni pedagoglar jamoasi bajaradi. Yolgiz o'qituvchi xar kancha urinsa xam, qobiliyatli, tirishkok, ishchan bulsa xam bir o'zi kuzlangan pedagogik maqsadlarga erishib bulmaydi. Maktab oldiga qo'yilgan vazifalarni samarali xal eta olmaydi. ta'lim-tarbiyadan kuzda tutilgan maqsadga erishish uchun maktab, o'quv yurtining butun jamoasi, xamma o'qituvchilar birlashib harakat qilishlari lozim. Xar bir muallimnng xatti - harakati, xulki, muomalasi pedagoglar jamoasining maqsadi, talablariga mos bulmogi kerak. Tajriba shuni kursatadiki, jamoaning o'quvchiga ta'siri pedagoglar jamoasida shakllangan muomala odobi, munosabatlariga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi maktablarida yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ular ongiga umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy, axloqiy qadriyatlarni singdirish talab etiladi. Bu o'z navbatida pedagoglar jamoasidan xar bir bolaning tarbiyasi uchun yuksak mas'uliyatni, bolaga nisbatan bir xil talablar kuyib, birgalikda tarbiyaviy ta'sir o'tkazishni takozo etadi. o'qituvchi odobida muallimlar o'zaro muomala - munosabatlarida amal qilishlari zarur bo'lgan axloqiy talablar ishlab chiqilgan. Xar bir bolaning tarbiyasi uchun mas'uliyatning birligi pedagoglar jamoasining o'quvchiga nisbatan talablari xam bir xil bo'lishini takozo etadi. Bu o'qituvchi odobining qonuniyatlaridan biridir. Maktab pedagoglar jamoasining maqsadi, intilishlari, talablari yagona pedagoglar jamoasining maqsadi, intilishlari, talablari xam yagona bulmasa, tarbiyaviy ishlarning ta'siri, samarasi bulmaydi. Buning uchun pedagogik talablarning xarakteri, mazmuni, shakli va usullari xamma muallimlarnng fikr - mulohazalariga mos kelishi lozim. Malumki, pedagogik talabning mazmuni maktab jamoasining maqsadi, vazifalaridan kelib chikadi. Lekin bu talablarning xarakteri, shakl va usullari xar bir muallimning muomala odobiga, shaxsiy fazilatlari, o'quvi, pedagogik mahoratiga borliq. Darsda o'quvchilarning intizomi pedagogik jamoadagi muomala odobi, axloqiy munosabatlar darajasini kursatadi. Maktabda o'quv intizomini saqlash butun pedagoglar jamoasining ishi. Pedagogik amaliyotda esa xar bir muallim o'quv intizomini saqlash uchun uzicha yul tutadi: bazilar - darsni jonli, kizikarli tashkil etish bilan; bazilar esa «ikki» baho kuyish, qattiqkullik bilan dars jarayonida tartib intizomni ta'minlashga intiladilar. Bolaga duk - pupisa qilish, bakirish, xulkiga yomon baho kuyish bilan uni vaqtincha tiyish mumkin, lekin bu, ongli intizomni tarbiyalash usuli emas va pedagogik odob talablariga to'g'ri kelmaydi. Dars jarayonida bir o'quvchi uchun boshqasi pichirlab, sekin javob berishi, bir o'quvchi bajargan ishni ikkinchisi kuchirib olishi, kuchirmachilik kabi masalalar pedagogik axloqiy muammolar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.3 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.3 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:52 ]
Arxiv ichida: doc