Pedagogning kasbiy shakllanishida o'z-o'zini tarbiyalash ahamiyati

Pedagogning kasbiy shakllanishida o'z-o'zini tarbiyalash ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogning kasbiy shakllanishida o'z-o'zini tarbiyalash ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogning kasbiy shakllanishida o'z-o'zini tarbiyalash ahamiyati Pedagogning kasbiy shakllanishida o'z-o'zini tarbiyalash ahamiyati. REJA: O'qituvchi kasbi barcha kasblar orasida eng faxrlisi va uning mohiyati. Kasbiy shakllanishda o'z-o'zini tarbiyalash. O'qituvchilik kasbida iste'dod va kasb sifatlari. O'qituvchi faoliyatida nutq va psixik jaranyonlar. O'qituvchi kasbi barcha kasblar orasida eng faxrlisi va uning mohiyati. Kasbiy shakllanishda o'z-o'zini tarbiyalash. O'qituvchi kasbi barcha kasblar orasida eng faxrlisi va mohiyati jihatidan nihoyatda jamiyat uchun zaruri hisoblanadi. Bu kasb jamiyat hayoti, uning barcha jumbokdari haqida yoshlarga, ularni butun hayoti davomida kerak bo'ladigan bilimlarni beradi. Yosh avlodni yuksak va oliyjanob fazilatlar bilan qurollantiradi, kishilardagi nodonlik va yomon illatlar bilan kurashishga o'rgatadi. Kishilarning o'tmishdagi tarixiy tajribalarini yoshlarga o'tkazadi. Bu borada jamiyatimiz uchun vositachilik qiladi. Natijada jamiyatimiz taraqkiyoti uchun zamin yaratiladi. O'qituvchilik kasbi hamma zamonlarda ham ma'suliyatli va sharafli kasb ekanligi e'tirof etib kelingan. O'zbekistonning hozirgi taraqkiyot bosqichida bu kasb yanada katta ahamiyat kasb etayapti. Chunki, o'zbek xalqi chet el bosqinchilarining ko'p yillik zulmi ostida o'zining ma'naviyati va madaniyati, an'anasi va urfodatlarini unutayozgan edi. O'zbek xalqi oldida turgan muhim vazifalaridan biri o'zo'zini anglash, milliy istiqlol mafkurasi asosida o'z Vatani va xalqiga sodiq bo'lgan, yangi barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Bu bo­rada o'kituvchi benihoyat katta rol o'ynaydi. O'qituvchining birovlarni o'qishga majbur etib o'rgatishi ham, o'zini-o'zi majbur etishi ham oddiy ish emas. Hamma ran shundaki, hamma yoshlar bir xil emas. Birovlari o'qishga o'zlari harakat kilsalar, boshkalarni majburlash kerak bo'ladi. Ko'pchilik hollarda bir emas, butun bir jamoani majburlash kerak bo'ladi. Bunday hollarda yoshlarni ishga jalb etish, intizomli bo'lishga erishish ayniqsa og'ir kechadi. Maqsadga erishish uchun eng avvalo shu jamoa orasida obro' qozonmoq zarur. O'qituvchilik kasbining yana bir muxim xususiyati shundaki, u o'z tengkurlari bilan emas, boshqa yoщdagilar bilan ishlaydi. O'qituvchi bilan bolalarning xayotiy tajribalari, bilimlari, dunyoqarashlarida ancha farq bor. Bu esa ularni birbirlarini tez tushunib etishlariga imkon bermaydi. Shunday ekan, o'qituvchi bolalarni yoshlik xususiyatlari, dunyokarashlari, kizikishlari, bilim darajalarini yaxshi bilishi kerak bo'ladi. Shundagina uning ishi samarali kechishi mumkin. O'qituvchi kasbining yana bir muxim jihati shundaki, bu kasb kishiga mamnunlik va xursandchilik keltiradi. Bu mamnunlik, unta o'z faoliyati natijalarini ko'rganida, o'z shogirdlarini turmushda, ilmufan va yuksak mansablarni egallaganlarida, hayotda o'z o'rinlarini topganliklarida ko'zga yaqqol tashlanadi. Shunda, o'qituvchilar o'z mexnatlarini zoe ketmaganligini his etadilar. O'qituvchilik kasbida iste'dod katta rol o'ynaydi. Ya'ni o'qituvchilikda o'z kasbiga mehr, qiziqish, uni egallashga intilish bo'lishi lozim. Bu sifatlar ko'pchilik hollarda bolalarni sevganda, bolalarning shovqinsuronidan, jovdiragan ko'zlaridan zavqlangandagina namoyon bo'ladi. Muallimlik iste'dodi uni tug'ma bo'lishligini bildirmaydi. Shunga qaramasdan, u kishilarda yoshligidan, ochiq yoki berk ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 352.98 KB
Ko'rishlar soni 31 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 352.98 KB
Ko'rishlar soni 31 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga