Pedagogning ta'lim va tarbiyalash mahorati, pedagogik texnika va nutq mahorati

Pedagogning ta'lim va tarbiyalash mahorati, pedagogik texnika va nutq mahorati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogning ta'lim va tarbiyalash mahorati, pedagogik texnika va nutq mahorati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Pedagogning ta'lim va tarbiyalash mahorati, pedagogik texnika va nutq mahorati Pedagogik mahorat tug'ma talant yoki nasldan-naslga o'tadigan xususiyat emas, balki tinimsiz izlanish, ham ilmiy, ham amaliy shakldagi ijodiy mehnat mahsulidir. Bu ko'p qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o'qituvchilar uchun standart, yani bir qolip shaklida qolib ketadigan ish usuli emas, balki u har bir o'qituvchining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: istedodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug' olim Arastu. Ana shu g'oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir: - tarbiyada ulg'ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligining etiborga tutilishi; - milliylikning o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish, jahon madaniyatining ilg'or tajribalariga asoslanish; - talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, kizikarli, to'laqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, hayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko'ngilochar va shunga o'xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar o'zlari xohlagan ishga qo'l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o'zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo'lsin. Tarbiya jarayonini to'g'ri tashkillashtirish, darsdan so'ng talabalarning bo'sh vaqtini taqsimlash kerak. Bunda talabalarning ota-onalari bilan yaqindan munosabatda bo'lishlari kerak, ular bilan suhbatlarni quyidagi yo'nalishlarda olib bormog'i lozim: Talabaning xarakter xususiyati, oiladagi o'rni, mavqei, ruhiy holatini o'rganishda. Odob va axloqqa doir suhbat (sharqona urf-odat, rasm-rusumlar, yangi chiqqan adabiyotlar). Pedagog O'z faoliyatida Quyidagilarga etibor berishi lozim: Talabalarda shakllanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tavsiflash, ularni bilim olishga qiziqtirish, rostgo'y, ma'rifatli, mehrli, do'stlik, o'z-o'zini boshqarish, mehnatga munosabatini rivojlantirish. Talabalarning ruhiy quvvati va temperament turlarini ajrata olish. Talabadagi ijobiy va salbiy o'zgarishlarni kuzatish va sababini o'rganish. Talabadagi yolg'on gapirish va boshqa salbiy sifatlarini aniqlash. Talabalar bilan turli sayohatlar uyushtirish, kinoteatrlarga borish, o'yinlar tashkil qilish, bayramlarga bag'ishlangan kechalar o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Masalan: Gullar bayrami ertaligini o'tkazish talabalarning estetik his tuyg'ularini o'stiradi. 1. Talabalarning bilimga intilishini, fanga umuman olganda aqliy mehnatga qiziqishlarini rivojlantirish o'quv jarayonini shunday tashkil etilishini ta'minlaydiki, unda talaba faol harakat qiladi, mustaqil izlanish va yangi omillarni kashf etishga, muammoli vaziyatlarni o'zi hal etishga intiladi. 2. O'quv faoliyati boshqa faoliyatlar kabi faqat turlicha bo'lgandagina, qiziqarli bo'ladi. Bir xil usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi. 3. Fanga bo'lgan qiziqishni shakllantirishda bu fanni va uning ayrim qismlarini o'rganishning zarurligi, muhimligi va maqsadga muvofiqligini talabalarga anglatish juda zarurdir. 4. O'tilayotgan material oldingi material bilan qanchalik ko'proq bog'lab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 997.45 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 997.45 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga