Pedagok jamoada axloqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyati

Pedagok jamoada axloqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagok jamoada axloqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagok jamoada axloqiy tartibga solishning o'ziga xos xususiyati Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyatga doir blits-so'rov savollari Pedagoglik kasbiga qanday talablar qo'yiladi? Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz? Pedagoglik kasbi haqida Sharq mutafakkirlari qanday fikrlarni bayon etishgan? Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari? Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida? O'qituvchi o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlik qilishi uchun nimalarga e'tibor berishi lozim? Pеdаgоgik fаоliyat va uning o'ziga xos xususiyatlari Pеdаgоgik fаоliyat bu mаzmunini o'quvchilаrni o'qitish, tаrbiyalаsh, rivоjlаntirish tаshkil qilgаn fаоliyatdir. Shuni yoddа tutish kеrаkki, pеdаgоgik fаоliyat bu bir tоmоnlаmа emаs, bаlki ikkitоmоnlаmа (hаmkоrlikdаgi) fаоliyatdir. Undа ikkitа fаоl tоmоn ishtirоk etаdi: o'qituvchi - o'quvchi. Mаqsаd - o'quvchi shахsini rivоjlаntiriishdir. Pеdаgоgik fаоliyatning mаqsаdi аsrlаr dаvоmidа yuksаk mа'nаviyatli shахsni shаkllаntirishning umuminsоniy g'оyasi sifаtidа хizmаt qilib kеlаyotgаn tаrbiyaviy ishni аmаlgа оshirish bilаn bоg'liq. Pеdаgоgik fаоliyatning аsоsiy turlаri sifаtidа tаrbiyaviy ish vа o'qitish аks etаdi. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o'qituvchi mahorati masalalari Pedagog olim o'qituvchining hech bir kasbga o'xshamaydigan kasbiy faoliyatini yuksak baholab, Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo'lishni bilishi lozim, u o'zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin - deb yozgan edi. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uning kamolga еtishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Sharqda «Shayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo'lgan alloma - Abu Ali ibn Sino o'qituvchi mahorati haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o'tadi: - bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish; - berilayotgan bilimning talabalar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish; - ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish; - talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish; - aqliy darajasiga mos ravishda ta'lim berish; - har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'otishi darajasida bo'lishiga erishish zarur. O'qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy - nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy - pedagogik tayyorgarlik, o'qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo'nalishi va bunda pedagogik mahorat to'g'risida so'z yuritib, shunday yozadi: O'qituvchi muntazam ravishda peda­gogik nazariyalarga tayansagina, o'qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar - taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo'lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat - falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mush­kul. Demak, o'qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukam­mal egallash talab etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to'g'ri va maq­sadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy - nazariy ma'lumotlarga ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.36 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.36 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga