Pestalozzi ta'lim tarbiya haqida qarashlari

Pestalozzi ta'lim tarbiya haqida qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pestalozzi ta'lim tarbiya haqida qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Pestoloststi ta'lim tarbiya haqida qarashlari Genrix Pestaloststi hayoti Shveystariyalik mashhur pedagog Iogann Genrix Pestaloststi 1746 yilda Styurix shaxrida shifokor oilasida dunyoga kelgan. boshlang'ich va lotin (o'rta) maktabini tamomlaganidan keyin yuqori maktab (Kollegium Karolinum)da o'qigan. Pestaloststining dunyoqarashi Pestaloststining dunyoqarashi xalq ommasining mashaqqatli hayotini yaxshi bilish va uni bevosita kuzatish hamda franstuz ma'rifatchilarining, xususan, J. J. Russoning g'oyalary bilan tanishish natijasida shakllandi. U o'z umrini xalq xizmatiga bag'ishladi, dehqonlarning ahvolini yengillashtirishga harakat qiladi. Xalq hayotni yaxshi bilish va uni bevosita kuzatishi Pestaloststining maktab tashkil qilishi «Gertruda o'z bolalarini qanday qilib o'qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o'z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o'rgatish bo'yicha qo'llanma», «Kuzatish alifbesi» yoki o'lchash haqida ko'rsatmali qo'llanma, «Son to'g'risida ko'rsatmali ta'lim», «Oqqush qo'shigi» kabi kitoblarni yaratdi. Pestaloststi dastlab 1761 yili Neygof qishlogidan narida Martina plantoyda maktab tashkil qildi. Pestaloststi o'zining ijodiy faoliyatini amalda sinash uchun 1774 yilda «Neygof»da «Kambagallar muassasa»sini ochib, unga 50 nafar yetim va boqimsiz bolalarni to'plab, ularni o'qitish bilan mehnat ta'limini bog'lab olib bordi. Bu yetimxonada bolalar o'qish, yozish va hisob o'rganish bilan birga ip yigirish, to'qish va dehqonchilik bilan shug'ullanishadi. Iogann Genrix Pestaloststining buyuk kashfiyoti Bu - Shveystariyada dastlabki xalq, maktablarini tashkil etishidir. Uning fikricha, xalq maktabining maqsadi: bolalarga keyinchalik ular eslaridan chiqarib yuboradigan ma'lum darajada muayyan bilimlar berish emas, balki maktab, o'z tevaraklaridagi tabiatga va ijtimoiy munosabatlarga ongli qarashni ularda tabiiy suratda vujudga keltirish va ularni mustaqil ravishda oqilona hayot kechirish va ishlashga qobiliyatli kishilar qilib, yetishtirish edi. Pestaloststi pedagogik g'oyalari Pestaloststi yetimlarning sevimli otasi edi. Pestaloststi o'zining pedagogik g'oyalarini, ayniqsa elementar ta'lim nazariyasining 1800-1804 yillarda Burgdorfda, 1805-1825 yillarda Iverdon shaxrida amaliy ravishda rivojlantirdi. Pestaloststi dastlab kichik yoshdagi bolalar shahar maktabiga (5-8 yoshgacha bo'lgan o'gil-qizlar o'qir edi) ishga joylashdi. Asosiy e'tiborini bu yoshdagi bolalarda nutq va matematik tasavvurini rivojlanishiga qaratdi. 1800 yili Pestaloststi rahbarligida institut tashkil etildi. Institut tarkibiga, internat shaklidagi o'rta maktab ham-da o'qituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan edi. Institutdagi faoliyati va uning yakun topishi Pestaloststi Iverdondagi institutida elementar ta'lim nazariyasiga asoslanib o'qitishni ishlab chiqarish va mehnat tarbiyasi bilan bog'lagan holda o'quv-tarbiya jarayonida o'z g'oyalarini amalga oshirdi. 1825 yili Iverdon instituti o'qituvchilari orasidagi kelib chiqqan kelishmovchiliklar natijasida u o'z qishlog'i «Neygof»ga qaytadi. Olim 1827 yili vafot etadi. Jismoniy va ma'naviy faoliyat Pestaloststining dunyoqarashi Kant falsafasi ta'siri ostida rivojlandi. Pestaloststi ham bilim sezgi organlarini kuzatishdan boshlanadi va tasavvurlar qayta ishlash yo'li bilan g'oyalar darajasiga ko'tariladi, g'oyalar esa, garchi ravshan bo'lmasa ham, odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjuddir. U Xudoga ishonib inson uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 877.82 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 877.82 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga