Polshada ta'lim tizimi Company name Polsha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi. Polshada kasbiy ta'lim masalalari. Polsha oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim. Reja: 199 yil Polshada yangi ta'lim reformasi kuchga kirdi. U o'qitishning tashkiliy tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o'zgartirdi, o'qituvchilar xizmat pog'onasida o'sishining yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini kiritdi. 199 yilgi reformadan oldingi ta'lim tizimi Boshlang'ich ta'lim 8 yil Kasbiy maktab Litsey Texnikum Kasbiy maktabdan keyingi texnikum 3 yil OO'Yu 5 yil 199 yilgi reformadan avvalgi imtihon tizimi: Maktab boshlang'ich ta'limidan keyingi imtihon turli voyevodstvalarda har xil differensial holda o'tkazilgan. Litsey va texnikumlarni bitirish imtihonlari ham voyevodstvalar bosqichida o'tkazilgan. OO'YUlari o'rta maktab bitiruvchilari uchun ichki kirish imtihonlarini o'tkazganlar va shu asosda bo'lajak talabalarni qabul qilish haqida qaror qabul qilingan. Reformaning asosiy tamoyillari: O'rta va oliy ta'limni keng yoyish; Ilmiy dasturlarning o'zgarishiga ko'ra ta'lim sifatini oshirish. Dasturiy o'zgarishlar O'quvchilarning ko'nikma-malakasi va fikrlashini shakllantirishga ko'mak beruvchi yangi dasturiy asoslar kiritildi. Imtihon standartlari ishlab chiqildi. O'qituvchi o'qitish dasturi va darsliklarni tanlash yoki o'qitish dasturini mustaqil yozish imkoniyatiga ega bo'ldi. Direktor o'quvchilar hoxishiga ko'ra bir necha darslarni kiritishi mumkin (turli to'garaklar, o'lkashunoslik, ekologiya va boshqa o'quv fanlari bo'yicha mashg'ulotlar). Moliyalash va nazorat Boshlang'ich ta'lim va gimnaziyalar gminlar byudjetidan moliyalashtiriladi. (gmin-Polshadagi eng kichik ma'muriy birlik). Gminlar o'quvchilar uchun doimiy dotatsiyalarni oladilar. Xususiy maktablar ochish imkoniyatlari bor, bunda shaxsiy pul mablag'laridan tashqari davlat dotatsiyasini ham olish mumkin. Maktablar ustidan pedagogik nazoratni kuratoriyalar amalga oshiradilar. Boshlang'ich maktab Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik: bog'chada yoki maktabda. Bolalar 7 yoshdan o'qishni boshlashadi. O'qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi. O'qish ikki bosqichda bo'ladi: 1. Birinchi bosqich 1-3-sinflarni qamrab oladi. O'qituvchi o'quv dasturini o'quvchilarning o'zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi. 2. Ikkinchi bosqich 4-6-sinflarni o'z ichiga oladi, o'qitilayotgan fanlar an'anaviy va blokli fanlarga bo'linadi. Gimnaziya Ta'lim 3 yil davom etadi. Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo'yicha, matematika va tabiat bo'yicha, chet tili bo'yicha. Litsey, texnikum Litsey bitiruvchisi hech qanday mutaxassislikka ega bo'lmaydi, u faqat OO'YUlarida o'qishni davom ettirish uchun tayyorlanadi, ayrim fanlar chuqur o'rganiladi. O'rta maktablar ballar limitini e'lon qiladi. O'qish litseyda 3 yil, texnikumda 4 yil davom etadi. Texnikumni tugatgan o'quvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha juda murakkab imtihon topshiradi. Litsey va texnikum yetuklik attestati imtihoni bilan yakunlanadi. Ona tilidan yozma va og'zaki imtihon; CHet tilidan imtihon; O'quvchi o'zi tanlagan fan bo'yicha imtihon. Imtihondan o'tish uchun 31% ball to'plash kerak. Imtixon natijalari ma'lum chizmalar bo'yicha hisoblanadi va shunga ko'ra OO'YUga yo'llanma oladi. O'rta maktab bitiruvchilarini OO'YUlariga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:52 ]
Arxiv ichida: pptx