Prezident I.A.Karimovning Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch asarining mazmun-mohiyati Muhtaram Prizdentimiz I A Karimovning mazkur kitobda odamzod uchun xamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo'lib, kelgan ma'naviyatning mano-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng fikr va hulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarda yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritiladi. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g'oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida etibor qaratiladi. Kitob muqaddimi, xotimi, 4 ta bob va 10 ta mavzudan iborat bo'lib, 2008 yil iyun oyida Toshkent shahrida ma'naviyat nashriyotida 400 nusxada nashr etilgan. Hajmi 9,24 bosma taboqda va 174 betdan iborat. Muqaddima Mustaqillik tufayli o'z taqdirimizni o'z qo'limizga oldik, azaliy qadriyatlarga suyanib, rivojlangan davlat tajribasini hisobga olib, halqimizning orzu qilgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etmoqdamiz. Bu haqiqatni xalqimiz anglab etgani va taraqqiyot yo'limizni qo'llab quvvatlayotgani bosh maqsadimizga erishishning asosiy manbai hisoblanadi. Xalqimiz hech kimdan kam bo'lmasligi, yoshlarimiz baxtli yashashlari uchun ma'naviyat tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. Agar biz xushyorlikni yo'qotsak, bu ishni o'z holiga tashlab qo'ysak o'z ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolamiz. Xalqimiz o'z tarixida bunday xatarlarni ko'p jabrini ko'rgan. Bu bizga saboq bo'lishi lozim. O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo'q. Mustabid sovet tuzumi davrida milliy ma'naviyatning rivojlanishiga yo'l qo'yilmadi. Komunistik mafkura zo'ravonlik bilan joriy etildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o'zgartirish choralar ko'rildi. 1994 yil 22 sentyabrda Prezident I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasida bizning qadr-qimmatimiz, tariximiz va madaniyatimiz toptalgani haqida so'zlab ko'plab savollarni o'rtaga tashlagan edi: - Mustabid tuzum davrida kim edik? - Erkimiz kimlarning qo'lida edi? - Kaba deb qaerga sig'inar edik? - Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? - O'zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? - Paxta milliy g'urur o'rniga bo'yin to'riq edi? Mana shunday ayanchli holatlarga barham berish, milliy qadriyatlar, dinu diyonatimizni tiklash, tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyatni qurishda xalq ma'naviy yuksalishini bosh maqsadlarga erishishda hal qiluvchi mezon deb qarash ustuvor vazifa bo'lib, qolaveradi. Xalqimizning tabiatiga xos bo'lgan yuksak ma'naviyat bizni asrlardan buyon baloqa'zolardan asrab kelmoqda. Uning boy ma'naviy merosi bizgi ibrat va kuch-quvvat bag'ishlaydi. ma'naviyat o'z-o'zidan, bo'sh joyda shakllanib qolmaydi. Uning uchun aniq olimlar bo'lishi lozim. Bizning sharoitimizda jamoa bo'lib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:52 ]
Arxiv ichida: doc