Programmalashtirilgan ta'lim

Programmalashtirilgan ta'lim

O'quvchilarga / Pedagogika
Programmalashtirilgan ta'lim - rasmi

Material tavsifi

Programmalashtirilgan ta'lim Reja: 1. Programmalashtirilgan ta'lim mohiyati. 2. Programmalashtirilgan ta'limning metodlari. 3. Programmalashtirilgan o'qitish mashinasi. 4. Maktabda komp'yuterni qo'llash usullari. Tayanch tushunchalar: Ta'lim. Programma. Kompuyuter. 1. Programmalashtirilgan ta'lim o'qitishni tashkil etishning bir shakli bo'lib, u o'quv jarayonida kibernetika g'oyalari va prinsiplarini amalga oshirish imkonini beradi. Programmalashtirilgan ta'lim bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonini optimallashtirish masalasini hal qiladi. Bu masala kibernetika bilan ta'lim jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadigan psixologik - pedagogik fanlar tutashgan joyda hal bo'ladi. Programmalashtirilgan ta'limda o'quv materiali bo'yicha tayyorgarlikka, bayon ilishga va so'rovga qo'yiladigan aniqlik talablari to'la qonuniy va zarurdir. Chunki o'quv jarayoni boshqariladigan jarayon bo'lishi va uni o'qituvchi u yoki bu texnik vositaga joylangan dastur programmalashtirilgan darslik, o'qitish mashinasi va boshqa zamonaviy elektron akustik hamda proyeksiyalovchi apparatlar yordami bilan olib borishi kerak. Mashg'ulot jarayonida dasturlashtirilgan ta'limni o'qitish vositasi bilan yakkama-yakka qoladigan o'quvchining ishidagi barcha ijobiy va salbiy tomonlarini maksimal darajada hisobga olish uchun o'quv materiali qanchalik aniq sistemalashtirilishini tasavvur etish mumkin. Har qanday topshiriqni kodlangan axborotga moslashtirish mumkin bo'ladi. Didaktika tili bilan aytganda, topshiriqni muvaffaqiyatli bajarish uchun uni bajarishga mos barcha usullarni o'zlashtirish kerak. Axborot faqat miqdori bo'yicha emas, balki maqsadga erishish ehtimolini orttirishga ko'ra qimmati bo'yicha ham o'lchanishi lozim. Axborotning qimmati qanchalik yuqori bo'lsa, u olinganidan keyin maqsadga erishish yo'llari ham shunchalik keng bo'ladi. 2. B.F.Skinner taklif qilgan tizim o'quv materialini kichik qismlarga ajratish va har bir qismning o'zlashtirilishini tekshirish o'quvchi barcha materialni berilgan izchillikda ishlab chiqishdan iborat bo'lib, tizimli programmalashtirilgan deyiladi. N.Krauder tavsiya etganidek, o'quv materialini tayyorlash tizimini tarmoqlangan programmalashtirish deb ataladi. Bu metodika o'quvchi ta'limiy materialning qandaydir tugal qismini ishlab chiqib, savolga javob qaytarishda yanglishadi degan fikrdan vujudga keladi. Berilgan savolga qaytarilishi mumkin bo'lgan javoblarning bir nechta variantlari yoziladi va o'quvchiga ko'rsatiladi, u esa mazkur javoblar orasidan to'g'risini tanlaydi. Programmalashtirilgan ta'lim nazariyasining kibernetik asoslari kibernetika sohasidagi yetakchi olimlar A.I.Berg, V.M.Tushkov va boshqalar tomonidan keng maqullanadi. Taniqli psixologlar ana shu muammoning nazariy asoslarini, xususan aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi asosida ta'limning samaradorligi masalalarini (A.N.Mantyev, P.Ya.Galperin va boshqalar), assotsiativ aloqalar nazariyasini (Yu.N.Samarin va boshqalar) ishlab chiqishga kirishdilar. Programmalashtirilgan ta'limning xarakterli xususiyatlari: 1. Jiddiy tanlangan o'quv materialini alohida-alohida kichik qismlarga ajratish. 2. Har bir qismni o'zlashtirishga qaratilgan muayyan ishlarni izchil bajarishga doir ko'rsatmalar tizimini kiritish. 3. Mazkur har bir qismning o'zlashtirilishi tekshirish bo'yicha topshirilishi, tekshirish bo'yicha topshiriqlar berish. 4. O'quvchining programmalashtirilgan ta'lim bo'yicha o'z tajribasi qanchalik to'g'riligini bildiradigan javoblarni yoqlash. 3. Turli didaktik vazifalarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan programmali qo'llanmalar va shartli ravishda o'qitish mashinalari deb atalgan maxsus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.3 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.3 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga