Proyektiv metodiikalarning klassifikatsiyasi

Proyektiv metodiikalarning klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Proyektiv metodiikalarning klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

proyektiv metodiikalarning klassifikatsiyasi Reja: 1.proyektiv metodiklarni klassifikatsiyalashning ahamiyati. Tekshiruvchilar va situativ omillar. Shaxs diagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish Biz mavzumizda proyektiv metodikalarning klassifikatsiyasi xususida to'xtalib o'tamiz. proyektiv metodikalarni tatbiq etish jarayonida ularning klassifikatsiyasi bir qator jihatlarni inobatga olishni talab etadi. Quyida klassifikatsiyaga doir keltirilgan ayrim yondashuvlar ustida to'xtalamiz. Mashhur psixolog L.Frenk barcha proyektiv testlar to'g'risidagi nazariy va amaliy ma'lumotlarni o'zlashtirib, ularning yangicha klassifikatsiyasini yaratdi(10.32-38 betlar). Uningcha har bir turdagi proyektiv test alohida mazmun kasb etib, o'ziga xos tahlilni talab etadi. Metodikalarni guruhlarga bo'lish, tadqiqot natijalari tahlilini osonlashtiradi va tadqiqotchiga kulaylik olib keladi Bugungi kun amaliyotida proyektiv testlarning bir qator turlari qo'llanilib kelinmoqda: Konstitutsiyaviy metodlar. Konstruktiv metodlar . Interpritatsion metodlar . Katartistik metodlar . Eksprissiv metodlar. Imprissiv metodlar . Additiv metodlar . yuqoridagi xar bir testlar turiga alohida proyektiv metodikalar kirib, ular turlicha mazmun mohiyatga ega. 1.Konstituttsiyaviy xarakterli proyektiv testlar qatoriga «Tugallanmagan so'zlar», «Tugallanmagan rasmlar» testlari kirib, o'tkazilish texnikasiga ko'ra turli situatsiyali (vaziyatli) strukturalardan iborat. Metodika materiallari amorf xarakterga ega bo'lib, tekshiriluvchilardan asosan mantikiy mulohazalashni talab etadi. Ushbu metodikaning mualliflari Saksa va Levi hisoblanib, ommabop testlar qatoriga kiradi. Muallifdan oldin ham ushbu metodika, eksperimental psixologiyada qo'llanilgan. Yuqoridagi variantini esa Saks va Levilar yangi variantda tuzganlar. Metodikada 60 ta tugallanmagan so'zlar keltirilgan bo'lib, ular 15 ta guruhga ajratilgan. Metodika savollari orqali shaxsning oylaviy munosabatlardagi xulq-atvori, o'z-o'zidagi qarama -qarshilik chegarasi, seksuaal xarakter xususiyatlari, qo'rquv va hissiy buzilishlar, kelajakdagi va bugungi kundagi orzu istaklari, ota-onasi bilan munosabati shu bilan birga do'st yaqinlari bilan munosabat mazmuni aniqlanadi. Test o'tkazishda alohida anketa mavjud bo'lib, u tekshiriluvchilarni testga tez yo'naltirish xususiyatiga ega.Shu qatorda tadqiqotchi Varttegning «Tugallanmagan rasmlar» testi ham xudi shu xarakterda foydalaniladi. 2.Konstitutsiyaviy xarakterdagi proyektiv metodikalar insonlar va hayvonlar figuralari, modellari orqali shaxs xususiyatlarini tahlil etadi. Bunda rasmlar va figuralar minatyura xarakterida ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqot har bir yoshda alohida xarakter kasb etadi. Bu esa tekshiriluvchilarni muhitdagi ijtimoiy himoyasini ochib beradi. Masalan, inson rasmi va hayvon rasmi testning kuprok masalasini tashkil etadi. Metodika tahlilida har bir figura, qurilish materiali, mozaika modellari va saranjomlik hisobga olinadi. 2.Interpritatsion xarakterdagi proyektiv testlar turkumiga TAT (tematik appertseptsiya)testi misol bo'lib ,bunda masala va topshiriqlar illyustratsion xarakterda ifodalanadi. Metodika insondagi kiziqishlar, hissiy kechinmalar shu bilan birga, ichki imkoniyat va yashirin maqsadlarni aniqlaydi. Metodika mualliflari G.Myurrey va Morganlar sanaladi. Metodika Myurrey yaratgan shaxs nazariyasiga asoslanadi. Yani ehtiyojlar shaxsning xulq-atvorini, tasavvurlarini, bilish jarayonlarini yo'naltiradi va tashkillashtiradi, degan tamoyilga asoslanadi.Myurrey bunda barcha ehtiyojlarni psixodinamik kutilmalar, deb atadi. Myurrey barcha ehtiyojlarni vital va psixogen turga ajratadi.Vital ehtiyojlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.12 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.12 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga