proyektiv metodikalar Reja: proyektiv psixologiya tarixi. Xorijiy psixologiyada proyektiv metodikalarni qo'llanilishi. proyektiv metodiikalarning klassifikatsiyasi proyektiv psixologiya yarim asrlik tarixga ega bo'lsa-da, undan oldin ham bazi olimlar inson proyeksiyalari masalasiga to'xtalib o'tganlar. Ularning qarashlari proyektiv psixologiya haqidagi klassik nazariyalar hisoblanadi. proyektiv testlar masalasiga tuxtalishdan oldin, proyeksiya tushunchasi mazmuniga etibor berish lozim. proyeksiya tushunchasi dastlab, Z.Freyd tomonidan shaxslarning ongli va ongsizlik tarzda ko'chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi obyektlarga nisbatan munosabatini ifodalash uchun qo'llanilgan. proyeksiya lotincha «proyektio» so'zidan olingan bo'lib, oldinga irg'itish, tashlash manosini bildiradi. proyeksiya bazida insonning men mexanizmi bilan, ichki himoya kuch sifatida namoyon bo'lishini Freyd takidlaydi. proyeksiya sublimatsiya, ratsionalizatsiya, forig'lanish kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. G.S. Frimen insondagi proyeksiyalarni shunday izohlaydi. Ongsizlik holati, yani insonning bu holatda boshqa kishilarning g'oya, qarash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o'ziga olishi sifatida. O'z shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko'chirish sifatida . Qandaydir tajribaga asoslangan noto'g'ri xulosa chiqarish sifatida qaraydi. Bundan tashqari bazi olimlar aynan proyeksiya so'zini kuyidagicha ifodalaydilar. proyeksiya - voqelikni, insonlarni, namoyon qilingan stimullarni idrok etish muayyan darajada shaxsning psixik holati, ehtiyojlari, xususiyatlariga mos ravishda tafsiflash tendensiyasi mavjuD. proyeksiya-anglanmagan psixologik mexanizm sanaladi, yani proyeksiya elementlari ongsiz tarzda idrok qilinadi. Bu holat klinik tadqiqotlar, psixoterapivtik izlanishlarda ham yaqqol ko'zga tashlangan. Chunki proyektiv testlarga berilgan dastlabki ta'riflar klinik nuqtai nazardan berilgan. proyeksiya so'zli assotsiyatsiyalar, tugallanmagan so'zlar, rasm va dog'lar, tekshiriluvchilar chizgan rasmlar, turli qo'zg'atuvchi stimullardan iborat. Lekin proyektiv metodikalar ildizi 1904-1905 yilda K. Gustav Yung tomonidan yaratilgan so'zli assotsiyatsiyalar testiga borib taqaladi. Bu metodikani yaratish bilan Yung shaxsning ongsizlik holatlaridagi kechinmalarini assotsiativ diagnostika qilish mumkinligini ko'rsatib berdi. Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlashda (yolg'on detektori) M.Veyrtgaymer va A.R.Luriya tomonidan normani patologiyadan ajratish va boshqa vaziyatlar uchun qo'llanilgan. proyektiv testlar qatoridagi tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham Yungning assotsiativ testidan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari Yevropaning klassik psixologiya maktabi vakillari Frenk, G.Rorshax, G. Myurrey kabi olimlarning hissasi proyektiv testlarning kelib chiqishiga keng ahamiyat kasb etadi. Yuqorida aytilgandek, dastlabki proyektiv testlar klinik xarakterda tadbiq etilgan. proyektiv psixodiagnostikaning yuzaga kelishi G. Rorshaxning 1921 yilda Germaniyaning Bern shaxrida chop etilgan «Psixodiagnostika» asari bilan bog'lanadi. O'zi rassom bo'lishiga qaramay Rorshax san'at va rassomchilik tarixiga juda qiziqqan. Unga malum bo'lishicha, buyuk rassom Leonardo Da Vinchi o'z xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirgan. Bu xususiyat yani atrofimizdagi «predmetli dunyoni jonlantirish» barchaga, ayniqsa, rassomlar va yosh bolalarga xos bo'lgan xususiyatdir, deb qaraldi. G. Rorshax talqiniga ko'ra, siyoh dog'lari, yani ko'rishga yo'naltirilgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.71 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.71 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:53 ]
Arxiv ichida: doc