Psixik kamol topishi vaqtincha to'xtab qolgan bolalar

Psixik kamol topishi vaqtincha to'xtab qolgan bolalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Psixik kamol topishi vaqtincha to'xtab qolgan bolalar - rasmi

Material tavsifi

Psixik kamol topishi vaqtincha to'xtab qolgan bolalar Reja: Infantilizm haqida tushuncha. Infantillikni kelib chiqish sabablari. Psixik kamol topishi vaqtincha to'xtalib qolgan bolalarga xos bo'lgan xususiyatlar va ular bilan korreksion ishlar. Tayanch iboralar va tushunchalar: infantilizm, gepatit, dispepsiya, dizenteriya, distrofiya, intellektual еtishmovchilik, rezus-faktor, asfiksiya. Ommaviy maktablarda psixik kamol topishi vaqtincha to'xtalib kelgailigi natijasida o'qishda qiynalib, ulgurmaydigan bolalar uchraydi. Psixofizik yoki faqat psixik infantilizm kasalligi uchragan bolalar hamda infantilizm bilan birga bilish faoliyatining vaqtincha to'xtalib qolgan - ixtiyoriy diqqat, mantiqiy esda saqlash, makon tasavvurlari, idrok etish, fikr yuritish va shu singarilarning kamol topib borishi orqada qolgan bolalar - ana shu xil bolalar jumlasiga kiradi. Kamol topib borishning orqada qolish sabablari har xil bo'ladi. Bunday orqada qolish ona homiladorlik vaqtida taksikoz hodisalari yuz berishi yoki uning ovqatlanishining buzilishi, chala tug'ilishi natijasida, ona homilador bo'lgan vaqtida virusli gripp, bezgak, gepatit, ichterlama singari kasalliklarga uchrashi natijasida, rezus-faktor, еngil tabiiy lat еyish, asfiksiya munosabati bilan ba'zan esa hayotining ilk davrlarida bolaning dispensiya, distrofiya va dizenteriya kasalliklariga uchrashi munosabati bilan vujudga kelishi mumkin. Qalqonsimon bezlarning funksiyasi еtarli bo'lmagana yurak-tomir kasalliklariga uchragan onalarda ko'pincha o'sib borishi orqada qoladigan bolalar tug'ilishini ko'rsatuvchi tadqiqotlar ham bor. Bu sabablarning hammasi kamol topib borish sur'atining sekinlashuviga olib kelishi mumkin. Bolalar biroz kechikib yuradilar va gapira boshlaydilar. Bunday bolalardagi jismoniy yotishmovchilik - ozg'inlik va bo'yi o'smaganlikda ifodalanadi. Maktabgacha tarbiya katta yoshiga еtganda bunday bolalar kichik bolalarning xususiyatlarini saqlab qoladilar: ular faoliyatining boshqa turlariga qaraganda o'yinni afzal ko'radilar, o'z xatti-harakatlarida nihoyatda noizchil bo'ladilar, o'zlariga o'zlari xizmat ko'rsatishda qiynaladilar. Bunday bolalarning yurish-turishdagi infantillik, ya'ni ularda kichikroq yoshdagi bolalar uchun xarakterli bo'lgan xususiyatlarning mavjudligi maktabgacha tarbiya yoshidagi ko'pchilik bolalardan keskin farq qilmaydi, chunki ularga qat'iy belgilangan talablarga rioya qilish qat'iy qilib qo'yilmagan bo'ladi. Ammo bunday bolalar maktabga kelganlarida o'quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydilar, maktab topshiriqlarini idrok etmaydilar va bajarmaylilar, o'zlarini xuddi bolalar bog'chasidagiday tutadilar va ta'lim olish uchun еtilmagan bo'lib chiqadilar. Ularda maktabga qiziqish bo'lmaydi, berilgan topshiriqlarni atbatta bajarish kerakligini anglaydilar, ular yozish va o'qishning boshlang'ich malakalarini qiyinchilik bilan egallaydilar. Buning sababi bunday bolalarda nutq tovushlarini ongli ravishda analiz qilish qobiliyati еtarli darajada o'sib еtmaganligi, so'zning tovush tarkibini analiz qilish singari abstrakt faoliyat formalariga qiziqish bo'lmaganligidir, shu tufayli ularda o'qish va yozish malakasini hosil qilish jarayoni qiyinlashadi. Ko'pincha, bunday bolalarda mashg'ulot vaqtida ortiqcha charchash, ba'zan esa bosh og'rig'i paydo bo'ladi. Shu bilan birga, psixofizik infantilizmga uchragan bolalarda dastlabki intellektual еtishmovchilik bo'lmaydi. Ular o'qib bergan ertak va hikoyaning mazmunini tushunadilar, taklif qilingan suratlar saviyasini izchillik bilan joylashtira ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.05 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.05 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga