Psixodiagnostikaning tarixiy taraqqiyoti Reja: Psixodiagnostikaning tarixiy ildizlari. Psixodiagnostikaning fan sifatida shakllanishidagi yondashuvlar tarixi. Psixodiagnostikaning 20-asrda rivojlanishish davrlari O'zbekistonda psixodiagnostikaning taraqqiyot bosqichlari Testologiyada etarlicha izlanishlar va metodikalar yaratilayotgan bo'lsa-da, ammo tatbiq etish sifati doimo mutaxassislar diqqat marakazida bo'lishi lozim bo'ladi. Testologiya tarixidan ham malumki, dastlabki diagnostik metodikalar, xususan, ispan olimi Xuan Xart (1530-1589) va fransuz olimlari J.Eskirol (1772-1840), E.Segen (1812-1880), tomonidan taqdim etilgan diagnostik vositalar inson psixologiyasining malum bir jihatlarini yoritishga qaratilgan bo'lsa-da, tashxis natijalari sifatini baholash borasida malum talablar masalalari xususida to'xtalishga erta edi. Shunday bo'lsa-da, J.Eskirol va E.Segenlar psixik kasallik bilan aqliy taraqqiyotda ortda qolish o'rtasidagi farqlashni muayyan mezonlar orqali o'rganishga kirishgan edilar. Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va natijarlarni o'lchash g'oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo'yilgan katta qadam, deb baholash mumkin. Bu boradagi o'rinishlarni XIX asrning 30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasida uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu tadqiqotlarda nemis olimi psixometriya tushunchasini birinchilardan bo'lib fanga olib kirgan. E.Veber va G.Fexnerlarning (XIX asr o'rtalari) psixofizik tadqiqotlarini ham eksperimental psixologiyada psixik hodisalarni o'rganishdagi yangi yo'nalish deyishimiz mumkin. Bu tarzdagi tadqiqotlarlar ko'lami yana bir qator olimlar tomonidan kengaytirildi. Ammo psixologik tadqiqotlarda statistik qayta ishlash usullarini tatbiq etilishini, olamshumul ilmiy inqilob, deb qarash mumkin. F.Galton o'z davridayoq korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblash metodini (188 yil) antropometriya va irsiyatni aniqlashda qo'llagan edi. F.Galton va uning izdoshi K.Pirsonlarning korrelyatsiya koeffitsiyentini aniqlash usulini, A.Bine va T.Simon intellektni o'lchashda shkalalarga tayangani (1905), V.L.Shtern tomonidan intellekt koeffitsiyenti (IQ) ni fanga kiritilganligi tadqiqotlarda sifat o'zgarishi yuz berishidan dalolat beradi . Yuqorida sanab o'tilgan tadqiqotlar psixodiagnostika sohasidagi ilk ilmiy qadamlar hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ham psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etishda sifat masalasiga etibor qaratish tadqiqotchilarning diqqat markazida bo'lishi lozim. Chunki, ko'p holatlarda tadqiqotchilar tomonidan o'rganilayotgan muammoning baholash apparati, ularning mezonlari va yondashuvlari mavhum holda bo'ladi. Natijada tadqiqotdan olinayotgan ma'lumotlarda ilmiy yanglishishlar yo'l qo'yiladi, yoki tadqiqot yangiligini izohlashga asos bo'lmay qoladi. Shuning uchun psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etish yoki diagnostika sifatini aniqlashda, uning darajalari va jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Shu o'rinda golland olimi Yan ter Laakning yondashuvini etiborga olish lozim. Uning fikricha, testologiyada sifatni muhokama qilishdan oldin, testlar nazariyasi (klassik va zamonaviy ), muhit bilan taraqqiyot borasidagi nazariyalarni, metodika bilan tadqiqot muammosining mosligini, diagnostik jarayoning borishidagi talablarni yaxshi bilish muhim. [6, 316-321. ]. Ammo testologiyada sifatni aniqlash masalasi keng ko'lamdagi ishlarni bajarishni talab etadi. Buning uchin psixodiagonostik metodikalar sifatini belgilovchi asosiy jihatlarga murojaat etish o'rinli. Psixodiagnostik metodikalar sifatini belgilashda beshta kategoriyaga tayaniladi: testlarni yaratish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
430.94 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
430.94 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:53 ]
Arxiv ichida: doc