Psixologik bilish jarayonlari Sezgilar Bilish jarayonlari shug'ullanuvchi spotchi (o'quvchi, bolalar) uchun jismoniy mashqlanish va o'quv materiallarini bilishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya o'qituvchisi, sport murabbiyi o'z kulostidagi shug'ullanuvchi spotchi (o'quvchi, bolalar) bilish jarayonlarining rivojlanish darajasini bilishi lozim. Insonga uni o'rab turgan tashqi olamni va o'z-o'zini bilib olishiga imkon beruvchi psixologik jarayonlarga bilish jarayonlari deyiladi. Sezgilar, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va nutq bilish jarayonlari hisoblanadi. Bilish sezgilardan boshlanadi. Sezish tashqi qo'zg'atuvchining tana yuzasiga, aniqrog'i, u joyda joylashgan nerv tolalariga ta'sir etishi natijasida paydo bo'ladigan nerv ko'zg'alishlaridir. Keyinchalik ushbu qo'zgalish nerv to'qimasiga, u yerdan esa bosh miyaga uzatiladi. Sezgi orqali narsalarning rangi, shakli, mazasi, vazni, hidi, tovushlari va xoka'zolarni aks ettirish mumkin. Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta'sir ko'rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo'lgan eng sodda ruhiy jarayonga sezgi deyiladi. Masalan, qarshimizda turgan biron-bir narsa, chunonchi, stol bilan ish ko'rar ekanmiz, ko'rish yordamida biz uning rangini, shaklini, katta-kichikligini aniqlaymiz; tuyish orqali uning qattiqligini, silliqligini bilamiz; qo'lda siljitib ko'rish bilan uning og'irligiga ishonch hosil qilamiz. Bularning barchasi mazkur moddiy buyumning alohida sifatlari bo'lib, ular haqidagi ma'lumotlarni bizga sezgilar beradi. Atrof-muqit odamga beqiyos darajada turli-tuman ta'sir etib turadi. Yorug'lik hamda havo to'lqinlari, issiqlik hamda ultrabinafsha nurlari va boshqa kuzatuvchilar shular jumlasidandir. Ammo radioapparat qaysi to'lqinlarga moslangan bo'lsa, shu to'lqinlarni qabul qilganidayoq odam organizmi ham son-sanoqsiz tashqi ta'sirlar ichidan qaysi xiliga muvofiq keluvchi «radiopriyomnigi» bo'lsa, faqat shunday xilnigina tutib oladi. Jamiki o'zgartuvchilarning barcha isi go'yo tahlil qilinadi va ularni tegishli apparatlar qabul qiladi(ko'z yorug'ligni, kuloq tovushlarni qabul qilib oladi va hokazo). Bu sezgi organlari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan o'zviy bog'langan bo'lib, asab tizimining tashqi olam bilan aloqa bog'lashidan iborat. Katta yarim sharlar kuzgatuvchilarni tahlil qilish organi bo'lib, sezgilarning paydo bo'lishini tamin etuvchi barcha fiziologik apparatga analizator deyiladi. Analizator uch qismdan iborat: 1) tashqi ta'sirni qabul qiluvchi asbob yoki retseptor(ko'z turpardasining nerv hujayralari yorug'likni qabul qiladi va ko'rish retseptori hisoblanadi); 2) o'tkazuvchi nerv yo'llari(markazga intiluvchi asab yo'llari) retseptorda vujudga kelgan qo'zg'alish shu asab yo'llari orqali miyaga yetkazib beriladi; 3) miya katta yarim sharlari pustlog'idagy maxsus hujayralar (masalan, miya po'stlog'ining ko'rish markazi deb ataluvchi qismidagi hujayralar ko'rish uchun ixtisoslashgan asab hujayralaridir). Agar analizatorlarning uchta qismidan bittasi zararlansa, sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, agar ko'z soqqasi tagidagi retina(maxsus modda) emirilsa, yoki miyaga boruvchi ko'z nervi, yoxud katta yarim sharlar pustlog'ining ensa qismidagi ko'rish markazi zararlansa, odam ko'rish qobiliyatini yo'kotadi. Odamda paydo bo'luvchi sezgilarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.61 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.61 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:53 ]
Arxiv ichida: doc