Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash

Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash

O'quvchilarga / Pedagogika
Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash - rasmi

Material tavsifi

Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash Reja: 1. Psixologik tadqiqotlar metodlarini tanlashni asoslash. 2. Eksperimental-psixologik tadqiqotlarni o'tkazish. 1.PSIXOLOGIK tadqiqotLAR MYeTODLARINI TANLAShNI ASOSLASh. Maktabda o'qishga tayyorlikni bildiruvchilar kuyidagichadir. a)psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi: b)aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi: v)yangi bilim va malakalarni maqsadga yo'naltirilgan ravishda uzlashtirish imkoniyati: g)borliqni bilishga kizikishning mavjudligi: d)tevarak-atrofdagi vokea va hodisalarni umumlashtira olish: e) fikrlay olish va boshqalar. yuqorida kayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar o'quv tarbiya jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Eksperimental tadqiqot sharoitda yuqoridagi belgilarning mavjudligi so'zli, predmetli va psixometrik metodikalar yordamida amalga oshiriladi. Xar bir konkret holda olingan ma'lumotlarni sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog'lash zarur. Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddarok qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechoglik to'g'riligini kurstadi». (A.Anastazi). Xar qanday metodikaning, testning ishonchligi urganilayotgan psixologik xususiyatlarining ularda aks etishi nuqtai nazaridan to'g'ri qo'llashni xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui sifatida karalmogi kerak (L.Burlachuk, S.M.Moroz,1989). Shunday qilib, maqsadga muvofik tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko'rinishlarini tulik va xar tomonlama o'rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o'tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, kullanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o'rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L.N.Poperechnaya, 1978, L.A.Venger, V.V.Xolmavskaya, 1978, Z.I.Kalmikova, 1982, V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, bola xotirasi haqida fakat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo'llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, xar bir eksperimental metodikalar uzining asosiy yo'nalishidan tashqari (yani shaxsning malum xususiyatini o'rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlari holati haqida bazi ma'lumotlarni beradi. Masalan: bolalarga berilgan 10ta so'zni qanday yodlashiga karab, fakat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yunalganligi, ularning sabablari haqida xam bilsa bo'ladi. Tarbiyachi-tadqiqotchi uchun u yoki bu metodikani tanlaganida ko'rsatmani salgina uzgartirganda metodikaning yo'nalishi uzgarib ketishini nazarda tutishi kerak. topshiriqni bajarishga kirishishdan oldinrok bolaga unga bo'lgan ko'rsatmani to'g'ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning muvaffakiyati ko'p xollarda shunga bog'liq bo'ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimental qo'llaniladigan metodikalar soniga bog'liq bo'ladi. Lekin bog'cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o'tkazganda, ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqotda tadqiqot vazifalariga bog'liq ravishda tanlangan 5-7metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o'tkaziladigan tadqiqotlarda kuprok metodikalardan xam foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash xam muhimdir. tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan kanchalik yaxshi munosabatda bulsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi. tadqiqot o'tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda kuyidagilarni etiborga olishi zarur. a) tadqiqot maqsadi - psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga