Psixologiyani o'qitish maqsadi. Talabalar shaxsini takomillashtirish sohasida psixologiya o'qitish metodikasining maqsadi Reja: Bo'lg'usi pedagogik kadrlarning kasbiy ko'nikmalari orasida psixologik vaziyatning o'rni va maqsadga yo'nalganligi. Pedagogik faoliyatning ta'lim tarbiya va o'quv metodik jarayonda psixologiya muammolari va vaziyatlarini yechish (hal qilish)ning o'ziga xosligi Oliy o'quv yurtlarida talaba shaxsini kamol toptirish, takomillashtirish sohasida psixologiya o'qitish metodikasi kursining bosh maqsadi. Psixologiya fanida gumanitsik g'oyalarni tadqiqot qilish ishlari chet ellarda, asosan, AQSHda Gumanitsik psixologiya deb nomlangan mutsaqil sohada, ilmiy yo'nalishda (Sh.Byuler, A.Maslou, K.Rodjers, R.Olport kabilarning asarlarida) o'z ifodasini topgan edi. Mazkur yo'nalish namoyandalarining ta'limotlarida shaxsning o'zini o'zi takomillashtirish, o'zini o'zi faollashtirish, o'zligini anglash (o'zini o'zi anglash), o'z ichki imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish g'oyalari aks etgan bo'lib, insonlarda adolat tuyg'usi, vijdonlilik, insonparvarlik, maslak, go'zallik va haqqoniylik xislarini shakllantirishga qaratilgandir. Gumanitsik psixologiya sohasining muhim jihatlaridan yana biri-bu shaxsning mavhum (abtsrakt), passiv inson sifatida tadqiqot obyekti singari tasavvur etmasdan, balki uning hamkorlik faoliyati, shaxslararo munosabatning teng huquqli azosi ekanligini tan olinganlikdan iboratdir. Lekin bu ta'limotning zaif tomonlari ham mavjud bo'lib, u narsa insonning biopsixologik (biologik omillar, tug'ma mayl, iqtidor alomatlari, temperament) shart-sharoitlarning roliga ortiqcha baho berganligida namoyon bo'ladi. Vaholanki, inson ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy muhit mevasi bo'lib hisoblanadi. Shunga qaramasdan, hozirgi davrda ham gumanitsik psixologiyaning ilg'or g'oyalari, tizimi, tadqiqot uslublari o'z dolzarbliligini saqlab qolgandir. Gumanitsik psixologiya namoyandalari to'plagan natijalarini milliy psixologiya, ijtimoiy garmoniya, muayyan muhit, hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda tahlil qilish orqali oliy maktab ta'lim-tarbiyasida gumanitsik g'oyalarni singdirish imkoniyatini yaratadi. Shuni alohida takidlab o'tish kerakki, to hozirgi davrgacha Respublika oliy o'quv yurtlarida psixologiya o'qitish ahvoli zamon, ijtimoiy taraqqiyot, insonning tayyorgarlik darajasi (aql-zakovoti) talabiga hech qanday javob bermaydi. Bu holatning bir necha obyektiv va subyektiv omillari mavjuddir: birinchidan, oliy maktab kafedralarining psixolog mutaxassislari bilan ta'minlanmaganligi (xohishi mavjud har qanday o'qituvchi saboq bermoqda): ikkinchidan, oliy o'quv yurtlarida faoliyat ko'rsatayotgan psixologlar malakasini oshirish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi: uchinchidan, kurslarda ma'ruzalar katta guruh tizimida o'qilayotganligi: to'rtinchidan, qo'shimcha mashg'ulotlar va talabalar bilan individual ishlarni o'tkazish uchun fakultetlarda zarur shart-sharoitlar yaratilmaganligi: beshinchidan, darsliklar, o'quv qo'llanmalar yetishmasligi: oltinchidan, aksariyat psixologiya sohasi bo'yicha ommaviy tarzda datsurlar chop etilmaganligi: ettinchidan, psixologiya faniga nisbatan panja otsidan qarash hollarining uchrayotganligi (ikkinchi darajali predmet sifatida): sakkizinchidan, oliy ta'lim vazirligi qoshida psixologiya fani va kadrlarning muvofiqlashtiruv kengashi mavjud emasligi va hokazo. Yuqorida sanab o'tilgan negativ holatlarga qaramay, psixologiya fanini o'qitishni takomillashtirish, ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida qatiy prinsipga, muayyan xususiyatga ega bo'lgan konsepsiya ishlab chiqildi. Uning asosiy mohiyati quyidagilarda o'z ifodasini topgandir. Fan o'qitishda har qanday ilmiy konsepsiyaga oqilona yondashish va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.64 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.64 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:53 ]
Arxiv ichida: doc