Psixolog-tadqiqotchining kasbiy-etikaviy tamoyillari Reja: Psixodiagnostik metodikalardan foydalanishda maxsus tayyorgarlikka ega bo'lish. Kasbiy sirlarni saqlash. Shaxs huquqlarini ta'minlash. Haqqoniylik. Konfidentsiallik. Tekshiruv natijalarini psixoproflaktik izohlash. Jahon psixologiyasi tajribalari ko'rsatadiki, psixodiagnostika va psixologik testlar bilan shug'ullanishda malum standartlar va kodekslarga amal qilinadi. Ushbu standart va kodekslarga ko'ra, psixodiagnostik metodika natijalarini sharhlash uchun psixolog masuldir. Agar psixadiagnostik tekshiruv natijasida tekshirilgan shaxs biror ma'naviy yoki moddiy zarar ko'rsa, psixolog javobgar hisoblanadi. Bundan ko'rinadiki, psixolog-psixodiagnost o'zining kasbiy huquq va huquqiy burch vakolatlari . Ular kasbiy-etikaviy tamoyillarni doimo yodda tutishi va ularga amal qilishi lozim. Biz taqdim etayotgan kasbiy-etikaviy tamoyillar faqat mutaxassis-psixologlar uchungina emas, balki ta'lim muassasasi rahbari, pedagoglar uchun ham mo'ljallangan. Kasbiy faoliyat jarayonida ushbu kasbiy-etikaviy tamoyillarga amal qilish foydadan xoli emas. Psixodiagnostik metodikalardan foydalanishda maxsus tayyorgarlikka ega bo'lish. Ushbu tamoyilga ko'ra, psixodiagnostik metodikalarni amaliy qo'llash uchun mutaxasis-psixolog etarlicha kasbiy tayyorgarlikka va psixologik bilimga ega bo'lishi zarur. Chunki undan ta'lim muassasasi muammosidan kelib chiqqan holda psixodiagnostika metodikalarini tanlay bilish, ularni to'g'ri tatbiq etish va natijalarni haqqoniy tahlil va tahlil etish talab etiladi. Masalan, ma'naviy rivojlanishdan orqada qolgan o'quvchilar bilan shug'ullanuvchi psixolog nafaqat psixodiagnostika metodikalarini, balki o'quvchilarda, ularning yosh xususiyatlari bilan bog'liq ravishda kuzatiladigan nomukamallik darajalarini ham bilishi lozim bo'ladi. Shuningdek, psixolog tanlangan metodikaga aloqador bo'lgan ilmiy adabiyotlarni, metodikaning texnik ko'rsatkichlarini, yani ishonchliligi, validligi, haqqoniyligi va me'yorlarning kafolatlanganligini baholay olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Kasbiy sirlarni saqlash. Ushbu tamoyilga ko'ra, tanlagan metodikalar mohiyati boshqalarga ovoza qilinmasligi va ulardan g'ayri insoniy maqsadlarda foydalanilmaslik kerak. Kasbiy sirni saqlash psixologning nufuzi va obro'sini ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda psixodiagnostika metodlarini to'g'ri va aniq qo'llashga xizmat qiladi, tashqi aralashuvlarga yo'l qo'yilmaydi. Psixodiagnostika metodlaridan muhim bo'lmagan masalalarda foydalanish yoki ularni mutaxassis bo'lmagan shaxslarning qo'llashi fanda yolg'on ma'lumotlarning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Demak, ta'lim muassasasida tashkil etiladigan psixodiagnostik tekshiruvlarni o'tkazishda ushbu tamoyil psixologning diqqat markazida bo'lishi lozim. Shaxs huquqlarini ta'minlash. Bu - psixologiyadagi murakkab masalalardan biri. Qator testlar shaxsning hissiy va motivatsion sohalarini, barqaror holatlari, ichki kechinmalari va ustanovkalarini o'rganishga qaratilgan bo'ladi. Bunda shaxsning o'zi xohlamagan yoki anglab yetmagan xususiyatlari aniqlanishi mumkin. Bunday holda shaxsning ma'naviy zarar ko'rishiga yo'l qo'yilmasligi kerak. Shuning uchun tekshiriluvchi shaxs tekshirish natijalari bo'yicha kim va qanday qaror qabul qilinishi haqida ogohlantirilishi, yani uni test sinovidan o'tkazib, sirlarini barchaga oshkor qilmaslik zarur. Agar tekshiriluvchi balog'atga yetmagan bo'lsa, uning ota-onasi test natijalaridan xabardor bo'lishi lozim. Ushbu kasbiy-etikaviy tamoyilga ko'ra, psixodiagnostik tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxs huquqlari va sirlari himoya qilinadi. Bu garchand psixolog ishini murakkablashtirsa-da, lekin uning kasbiy tayyorgarligiga talabni kuchaytiradi. Haqqoniylik. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.09 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:53 ]
Arxiv ichida: doc