Qadimgi Sharq va G'arb xalqlari pedagogikasi kishilik jamiyati rivojlanishining turli davrlaridagi maktab, tarbiya va pedagogik g'oyalar Reja: Tarbiyaning paydo bo'lishi va tarixiy rivojlanishi Markaziy Osiyoda dastlabki tarbiya qadimgi Yunoniston faylasuf olimlarining pedagogik g'oyalari Qadimgi Rimda ta'lim tarbiya Tarbiyaning paydo bo'lishi va tarixiy rivojlanishi Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo'lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo'lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy Sho'stonul-orifun asarida tarbiya va tarbiyalashning manosini ta'riflab: Ey o'g'il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o'zingni tarbiyala, tarbiya ko'rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga etadi, - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g'oya alohida o'rin tutadi. Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o'zing amal qil, - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni etishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lug'otit turk6 Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig, Ahmad Yugnakiyning Xibatul-haqoyiq, Abu Rayhon Sheruniyning hikmatlari, Ibn Sinoning Tadbir-al-manozil, Alisher Navoiyning Mahbubul-qulub, Xusayn Voiz Koshifiyning axloqi muhsiniy va boshqa asarlarida farzand ota-onaning baxti, uning to'g'ri tarbiyalanishi esa hammaning baxti, degan umumiy xulosa chiqariladi. O'tmishdagi mutafakkirlar tarbiya atamasining manosini, tarbiyalashning mazmunini alohida bayon qilmagan bo'lsalar ham, o'z asarlarida tarbiyaning qirralarini ifodalaganlar. Alisher Navoiy Mahbubul qulub asarida tarbiyaning kuchi va sharofatini quyidagicha ta'riflaydi: Itka taallumda chu bo'ldi kamol, Sayd aning ag'zidan o'ldi halol, Olim ul itkim najasul ayn erur, O'g'ling jahl o'lsa, ajab shayn erur. (It o'rganish bilan komil bo'lgach, uning og'zi bilan tutgan ovini eyish mumkin bo'ladi. Eng iflos mahluq hisoblangan it olim bo'lganida (ovlashni o'rganganida) o'g'lingning johil qolishi juda xunuk ishdir1.) Alisher Navoiy tarbiyaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi ism qo'yish, ilmu adab o'rgatish, ota-onaga, umuman kattalarga hurmat hissini singdirishdan iboratligini uqtiradi. K.D. Ushinskiyning Pedagogika adabiyotining foydasi nomli risolasida: Tarbiyalash ishi, shubhasiz, insonning aqliy va ongli faoliyatlaridan biridir: tarbiya, tushunchasining o'zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo'q narsadir Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, haqiqatni anglashni ham o'rgatadi2- deyilgan. Mustaqil O'zbekistonimizda milliy mafkura yaratilmoqda va bu xayrli ish albatta yosh avlod ongida milliy g'urur hamda iftixor tuyg'usini vujudga keltirishni talab qiladi. Shunga erishish avvalo, tarbiyaga bog'liqdir. Xar bir inson, xususan endigina hayotga qadam qo'ygan har bir o'g'il va qiz har qanday maqsadga erishishi avvalo o'ziga, o'zining sobitqadam g'ayrat-shijoatiga, 1 M.Xusanxo'jaev. Alisher Navoiy ta'lim-tarbiya haqida. T., 1963, 130-bet 2 Pedagogika tarixidan xrestomatiya. T., 1993, 97-bet ishdagi fidokorligiga va mehnatsevarligiga bog'liqligini anglashi kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir. Markaziy Osiyoda Markaziy Osiyoning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.43 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.43 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:54 ]
Arxiv ichida: doc