Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar

Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular Urxun-Yenisey yodgorliklari, Irq yozuvlari (Tabirnoma) kabi manbalar bo'lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun-Yenisey bitiklarini toshlarga bitilgan kitoblar ham deb ataydilar. O'ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni beradi. Urxun-Yenisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so'ngra Mo'g'ilistonning Urxun daryosi bo'yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo'lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o'qigan. V.Tomsondan so'ng olimlar - N.M.Yadrintsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o'qishga muvaffaq bo'ldilar. Urxun-Yenisey yodgorliklari S.Ye.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O'zbekistonda Oybek, O.Sharafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar Urxun-Yenisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta'lim va tarbiya ishlarini yo'lga qo'yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar. Malumki, eramizning VI asri o'rtalariga kelib, Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk hoqonligi davlati tarkib topdi. Bu hoqonlik g'arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo'lgan. Turk hoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 604 yilda Sharqiy va G'arbiy hoqonlikka ajralgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk hoqonligi barham topgan. Turk hoqonligi asosan uch kishi: Bilga hoqon (Mog'iliyon), Kultegin, Tunyukuklar tomonidan boshqarilgan. Bilga hoqon (Mog'iliyon) - hoqon, Kultegin - sarkarda, Tunyukuk esa - vazir bo'lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan. Bitiktoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan ko'rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. o'z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta'minlash hoqonlar Bo'min, Istami, Eltarish, Eltarishning o'g'illari - Bilga hoqon, lashkarboshi Kultegin, ma'naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta'rifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o'ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta'riflanadi. U o'z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo'ygan shaxs. Kultegin Eltarish hoqonining kichik o'g'li. U 713 yil 27 fevralda qirq etti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 yilda o'rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug'iliyon bo'lgan. Bitigni Kulteginning jiyani Yo'llug' tegin yozgan. Demak, bitigning muallifi ham malum. Kultegin bitigida Bilga hoqonning og'a-inilari va qarindosh-urug'lariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elida ko'p faloqatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo'shni bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.48 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.48 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga