Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta'lim-tarbiya Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo'ldi hamda moddiy va ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o'zlarini katta hissasini qo'shdilar. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'lish o'ylab topildi. Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqali Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Spartada qullar shafqatsiz taqib ostiga olinar edi. Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo'lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog'lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo'lajak quldorlarni etkazishdan iborat edi. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. ta'limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi. Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta'lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi: «O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi». Spartada ta'lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, yani kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday illatni (qulni) o'ldirar edilar. Yoshlarga axloqiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.11 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.11 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:54 ]
Arxiv ichida: doc