Qadimgi Yunoniston va Rimda tarbiya, ta'lim

Qadimgi Yunoniston va Rimda tarbiya, ta'lim

O'quvchilarga / Pedagogika
Qadimgi Yunoniston va Rimda tarbiya, ta'lim - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Yunoniston va Rimda tarbiya, ta'lim Rеjа: 1. Sparta, Afina davlatlarida tarbiya, maktablar tizimi. 2. Suqrot, Aflotun, Arastu va Demokratlarning pedagogik g'oyalari. 3. Qadimgi Rimda tarbiya va maktablar. 4. Kvintilianning notiqni tarbiyalash: o'qituvchi va tarbiya metodlariga doir qarashlari. 5. Xrestianlikning vujudga kelishi, ta'lim tarbiyaga ta'siri. Qadimgi Yunoniston unchalik katta bo'lmagan mamlakat edi. Lakzoniya (Sparta) va Attika (Afina) Gresiyadagi davlatlarning eng mo''tabarlisi edi. Bu davlatlarning har qaysisida tarbiyaning alohida sistemasi vujudga keldi, shunga ko'ra Sparta usulidagi, Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'lgan. Bu davlatlarning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi xususiyatlar turlicha bo'lgan. Shu sababli har ikkala sistema bir-biridan farq qilgan. Gresiyada qo'llarni gapiradigan ish quroli deb hisoblangan.Spartada dehqonchilik mehnati rivojlangan. Spartaliklar juda uyushqoq bo'lib yashashgan.Tarbiya ishlari davlat qo'lida bo'lgan. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalanganlar, so'ng Agella maktablariga 18 yoshga etguncha tarbiyalanganlar.O'smirlarning jismoniy jihatdan tarbiyalashga alohida e'tibor berilgan, ularni chiniqtirar sovuqqa, ochiqlikka va chanqoqlikka, chidamga bardosh berishga o'rgatilgan. Harbiy gimnastika mashqlariga ko'p e'tibor berilgan. Yosh spartaliklar yugurishni, sakrashni, disk va nayza ota bilishni, kurashish, qo'l bilan jang qilish usullarini, harbiy ashulalar aytishni o'rganar edilar. Bolalarga jismoniy-tarbiya berish bilan birga muzika, ashula va raqslar ham o'rgatilgan. Yoshlarni qo'llarga nisbatan shavqatsiz qilib, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalash alohida vazifa qo'yilgan.Davlat rahbarlari yoshlar bilan maxsus suhbatlar o'tkazib, shu yo'l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar, bunday suhbatlarda ular bolalarga vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolarining ko'rsatgan mardligi va jasorati haqida gapirib berar, qahramonlar haqida hikoya qilar edilar. Bolalar aniq va qisqa javob berishga o'rgatilar edi. 18-20 yoshda etgan yigitlar alohida efeblar gruppasiga o'tkazilar va harbiy xizmat o'tar edilar. Spartada qizlarga ham harbiy jismoniy-tarbiya berishga katta e'tibor berilgan. Afinada tarbiya boshqacha yo'lga qo'yilgan. Afinada eramizdan oldingi V-IV asrlarda madaniyat gurkirab o'sdi. Yunonistonda tabiat ilmi, matematika, tarix, san'at, grek me'morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiyot qildi.Afinada ham jismoniy, ham ma'naviy ko'rkam bo'lgan kishini barkamol odam deb hisoblaganlar, axloqiy, estalik va jismoniy tarbiyani birga qo'shib olib borishga intilganlar. Afinada jismoniy mehnat qo'llarning qismati deb hisoblanadi.Afinada bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalanganlar. 7 yoshdan boshlab maktabga qatnashganlar. Qiz bolalar oilada tarbiyalanar edilar, uy-ro'zg'or ishlarini o'rganar edilar.Dastlab bolalar (7 yoshdan 13-14yoshgacha) grammatist va kifaristlar maktablariga o'qitilar edilar.Grammatist-gramatika mutaxasisligi, kifarist-muzikachi demakdir. Bu maktablar xususiy bo'lgan. Maktablarda didaskal deb atalgan o'qituvchi mashg'ulot olib borgan. Didasko so'zidan keyinroq didaktika-ta'lim nazariyasi kelib chiqqan. O'g'il bolalarni maktabga qo'llardan biri boshlab borgan, bunday qo'l pedagog deb atalgan. Grammatist maktabida o'qish, yozish va hisoblash o'rgatilar edi. Bunday maktabda harflarni g'ijjalab o'qitish metodi qo'llanilgan: bolalar tovushlarni yodlab olar, so'ng qo'shib so'zlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.5 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.5 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga