Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi

Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishi Reja: Suqrot Platon Arastu-Aristotel Demokrit Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug'ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Ular o'z qarashlari bilan ta'lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo'shdilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Suqrot. (eramizdan avvalgi 469-399 yillar) O'zining demokratik ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (u kambag'al hunarmand, yani haykaltarosh o'g'li) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar edi. Suqrot faylasuf bo'lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so'zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo'li bilan haqiqatni o'zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo'l bilan odamlarni haqiqatni izlashga o'rgatar edi. Suhbatni bu metodi «Suqrot metodi» deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini, yani «evristik» suhbat metodini yangi (savol berish va savolni to'ldirish) metodini olib kirdi. Suqrot - falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. U bahs orqali, yani muayyan masalalarni o'rtaga qo'yish va ularga javob topish yo'li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb tushungan. Aristotel fikricha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o'tish haqidagi induktiv ta'limotni hamda har bir narsaning mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlash haqidagi ta'limotni yaratgan. Uning etika sohasidagi asosiy tezisi shundan iborat: ezgulik bilimdir; donishmandlik, yani yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning tushunishicha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'lishi mumkin emas. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo'llarida bo'lmog'i kerak deydi. Suqrot demokratiyaga dushmanlikda asossiz ayblanib, o'lim jazosiga hukm qilingan. Lekin o'zi zahar ichib o'lgan. Haqiqatda esa u adolatga xilof bo'lgan davlatni boshqarishning hamma formalarini - monarxiya, tiraniya, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani tanqid qilgan. Platon eramizdan ilgari (424-347 yillarda) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning shogirdi, obyektiv idealizm nazariyasining asosichisi edi. U «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. Platon olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga bo'ldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos. Afina aristokratiyasining namoyandasi bo'lgan Platon, aristokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat uch xil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.36 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.36 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga