Qishloq va shahar o'quvchilari amaldagi ovqatlanishining qiyosiy xarakteristikasi (mineral moddalar misolida) mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, Respublikamizda 10 mingdan oshiq umumta'lim o'rta maktablari mavjud bo'lib, ularda 6 milliondan ziyod o'quvchilar ta'lim olmoqda. Xususan, viloyatimizdagi 1200 dan ortiq maktablarda 800 mingdan oshiq o'g'il va qiz bolalar o'qiydi. Qolaversa, yurtimiz aholisining 70% dan oshig'i qishloq joylarida yashaydi va ularning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. O'quvchilar organizmida moddalar va energiya almashinuvi, o'sish va rivojlanish jarayonlarining jadalligi va boshqa ko'rsatkichlari bilan kattalar organizmidan farq qilishi bilan birga ularning taomlanishi, xususan asosiy va qo'shimsha oziq moddalar bilan ta'minlanishining me'yor darajasida bo'lishi alohida ahamiyat kasb etadi. O'sayotgan yosh organizmda qayd qilingan moddalarning yetishmasligi ayrim hastaliklarning (temir tanqis kamqonligi, buqoq, kariyes, tana massasi kamligi va boshq) rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu bois ularning amaldagi ovqatlanishi, xususan mineral moddalar bilan ta'minlanishini o'rganish fiziologiya va tibbiyot oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ishning maqsadi va vazifalari. Qishloq va shahar maktabi o'quvchilarining mineral modalar bilan ta'minlanishini taqqoslab o'rganish bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Mavzuga oid zamonaviy adabiyotlar ustida ishlash, ularni tahlil qilish, belgilangan kuzatuv obyektlaridagi o'quvchilarning kunlik iste'mol taomlari tarkibidagi mineral moddalarning miqdorini hisoblash ishimizning asosiy vazifalari qatoriga kiradi. Ishning ilmiy yangiligi. Qishloq va shahar maktablari o'quvchilarining mineral moddalar, ya'ni makro- va mikroelementlar bilan ta'minlanishini o'rganish, olingan natijalarni bir-biriga nisbatan taqoslab, tegishli xulosalarga kelish ishimizning ilmiy yangiligi bo'lib hisoblanadi. Kuzatuv obyektlari va usullari. Kuzatuvlar Qarshi shahridagi 29-maktab hamda Qarshi tumanidagi 8-maktabda tahsil olayotgan 11-13 yoshli o'g'il va qiz bolalar ustida olib borildi. Ularning amaldagi ovqatlanishi anketa-so'rov usulida o'rganildi. Iste'mol taomlari tarkibidagi mineral moddalarning miqdori oziq-ovqatlarning kimyoviy tarkibi berilgan maxsus jadvallar asosida hisoblandi. Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Olingan natijalardan qishloq va shahar maktabi o'quvchilarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish, ularning sihat-salomatligini saqlash va muhofazalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga ushbu bitiruv malakaviy ishdan o'quvchilar, talabalar hamda magistrantlar ilmiy-uslubiy material sifatida foydalanishi mumkin. I BOB. ADABIYOTLR SHARHI 1.1. Mineral moddalar va ular bilan o'quvchilarning ta'minlanishi Ma'lumki, ma'danli moddalar odam tanasi umumiy vaznining o'rtacha 4 foizini tashkil qiladi, shuning yarmi suyaklar, tish, tirnoq, soch kabi qattiq qismlarda bo'lsa, qolgani qon, limfa, to'qimalar suyuqligi kabi yumshoq qismlarda bo'ladi. Odam tanasining 70 - 80 foizini tashkil qiladigan suv tarkibida ham kislorod, uglerod, vodorod, azot kabi kimyoviy elementlar erigan holda mavjud bo'ladi [20-22]. Inson tanasida barcha kimyoviy unsurlar turli miqdorda uchraydi, masalan, kalsiy 1,5 - 2,2%, fosfor 0,8 - 1,2%, ayrimlari esa juda ham oz bo'ladi (temir va magniy - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.66 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.66 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:54 ]
Arxiv ichida: doc