Qiyosiy pedagogika fani haqida umumiy tushuncha Reja : 1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi. 2. Qiyosiy pedagogika fan taraqqiyotining birinchi davri. 3. Jahonning turli mamlakatlarida maorif tizimini takomillashtirish muammolari. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy imkoniyatlarga boy milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, xalq og'zaki ijodi namunalari va mutafakkirlarimizning ijodiy va milliy merosidan baxramand etish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida Amaliy ahamiyat kasb etuvchi pedagogik bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bu fanda har bir xalq yashash tarzi, tarixiy va ijtimoiy darajasi, milliy madaniyatiga ega ekanligiga mos ravishda, o'ziga xos takrorlanmas milliy-tarbiya madaniyatiga ega bo'lishi va bulardan hayotda foydalana bilishi kerak Qiyosiy pedagogika fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi tutgan o'rni va ahamiyati, talaba yoshlarni milliy mafkuraviy qarashlarni shakllantirish, jamiyatning ilg'or nufuzini kuchi sifatida sog'lom e'tiqodni , erkin fikrlovchi, komil insonlar bo'lish jarayonidagi o'rni va rolini aniqlash. Jahon pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta'limning amalga oshirilishi , istiqboli to'g'risida batafsil ma'lumotlar beriladi. Fransiyaning ta'lim tizimi boy va qadimiy tarixga ega. bu yerda «Ta'lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o'zgartirishlar kiritilgan. 2004 yil 15 martda yangi Ta'lim to'g'risidagi qonun qabul qilindi Fransiyada ta'lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritishadi. Bundan kuzlangan maqsad bolalarning maktabdagi sharoitini o'z sharoiti Bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Fransiya ta'lim tizimida bolalarning go'daklik chog'idanoq maktabda o'qitish uchun tayyor holda olib kelish g'oyat muhim masala hisoblanadi. Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDRdagi ta'limni bir xil milliy me'yorga solishdan iboratdir Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta'lim tuzilmasini Yangi me'yorga va o'lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta'lim tizimiga o'tkazib quyishdan iborat. Ammo buning xam o'ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag' masalasi bulsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta'lim jarayoni qatnashchilarining bu o'zgarishga munosabatidir. Niderlandiya ta'lim tizimining shakllanish davri 1789 yilda Fransiya revolyutsiyasi natijasida paydo bo'lgan Bativ Respublikasi davriga to'g'ri keladi. Mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan , jumladan xristian yoki katolik cherkovlari tomonidan tashkil etilgan. Bu mamlakat ta'lim tizimi 7-3-2 shaklidadir. Boshlang'ich ta'lim maktabgacha tarbiya bilan qushilgan. Niderlandiyada qariyb 4 mln. yoshlar kunduzgi ta'lim oladi. Mamlakatda majburiy ta'lim pulsiz, katta yoshlar maktablari va oliygoxlari pullik. O'qituvchi va tarbiyachilarning maoshlari davlat tomonidan tayinlanadi Ta'lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag' sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. Bu davlatning yer yuzida nufuzli o'rin olishida uning taraqqiy etgan ta'limi juda qo'l keladi. Yaponiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.94 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.94 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:54 ]
Arxiv ichida: doc