Qobiliyatlar bilan bog'liq psixologik maslahatli vaziyatlari va umumiy amaliy tavsiyalar

Qobiliyatlar bilan bog'liq psixologik maslahatli vaziyatlari va umumiy amaliy tavsiyalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Qobiliyatlar bilan bog'liq psixologik maslahatli vaziyatlari va umumiy amaliy tavsiyalar - rasmi

Material tavsifi

Qobiliyatlar bilan bog'liq psixologik maslahat vaziyatlari va umumiy amaliy tavsiyalar Reja: Intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha maslahatlar Kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish, muammolami hal etish yo'llari Mijozning tashkilotchilik qobiliyatlarini yaxshilash Psixokorreksiya maqsadlarida psixologik maslahatlarga zarurat quyidagi odatiy holatlarda yuzaga keladi. 1-vaziyat. Insonlarda biror-bir muhim shaxsiy xususiyatlari yo'qligi yoki yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog'liq muammoiar paydo bo'lad i. 1-holat: biron-bir qobiliyati yo'q yoki yetarlicha rivojlanmagan hisoblanadi. Gap xususan quyidagi qobiliyatlarto'g'risida borishi mumkin: intellektual; mimik; muloqotchanlik; tashkilotchilik; maxsus (masalan, matematik, lingvistik, fizik-texnik va boshqalar); 2-holat. Temperamenti bilan bog'liq, xususan: reaksiyasi tezligi; ishlash yoki gapirish surati; emotsionalligi; ■ og'ir-vazminligi; 3-holat. Xarakteri ma'lum xususiyatlari yo'q yoki yetarlicha rivojlanmagan, masalan, xarakteri irodaviy xislatlari (iroda kuchi, qat'iyligi, maqsadga intiluvchanligi); xarakteri amaliy xislatlari (mas'uliyatliligi, tartibliligi, ijrochilik, aniqlik); xarakteri kommunikativ xislatlari (mehribonlik, muomalalilik, aloqalar o'matish). 4-holat. Ehtiyojli-motivatsion mazmundagi muammoiar, shu jumladan: asosiy maqsad yoki hayot mazmuni yo'q; yangi hayotiy tajriba, bilim egallashga, o'zini rivojlantirishga qiziqish yo'q; biror-bir hayotiy muhim faoliyat turi bo'yicha qiziqishi yo'qligi; odamlarga iltimos bilan murojaat etishni va ularning iltimoslariga to'g'ri javob qaytarishni bilmaslik; odamlarni ishontirishni, ularni o'z tomoniga og'dirib olishni bilmasligi; omma oldida gapirishni bilmasligi. 2-vaziyat. Odamning xayolida doimo omadsizlikka duch keladi, degan fikr bo'ladi. 1-holat. Ushbu odamning omadsizligi asosan, shaxsiy xususiyatga ega bo'ladi, masalan; qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyojlari, his-hayajonlari, sezgilari, temperamenti va xarakteri xususiyatlari rivojlanishidagi kamchiiklarga taalluqli; turli xildagi komplekslarni yo'qotishga urinishlari muvaffaqiyatsizligi bilan bog'liq; odamlar bilan yaxshi shaxsiy o'zaro munosabatlar o'rnatishdagi qiyinchiliklari sababli; 3-vaziyat. Odam biror-bir xulqi ijtimoiy foydali shakli rivojlanishida aniq kamchilikni his etadi. 1-holat. Odamlar bilan shaxsiy munosabatga tegishli xulqi shakli yo'qligi yoki bo'sh rivojlanganligi, xususan: odamlarga qiziqishi yo'qligi; o'ziga e'tibor qaratishni, odamlarda emotsional-ijobiy taassurot hosil qilishni bilmasligi; boshqa insonlarni maqtashni, o'zini maqtab aytilgan gaplarga javob qaytarishni bilmasligi; ushbu odam bilan shaxsiy munosabatlarda boshqa odamlarning ijtimoiy rolini to'g'ri tushunishni bilmasligi; shaxslararo nizolarning oldini olishni va hal qilishni bilmasligi. 2-holat. Odamlar bilan amaliy munosabatga xulq shaklining yetarlicha rivojlanmaganligi yoki yo'qligi, shu jumladan: shaxsiy emotsional holatni boshqarishni bilmasligi bilan bog'liq. 3-holat. Amaliy xususiyatdagi muvaffaqiyatsizliklari, shu jumladan: kasbi, ish sharoitlari va joyini tanlashdagi; xizmatda, lavozim egallashda; uzoq vaqt davomida ish bajarish qobiiyatini saqlab qolishda; boshqa odamiar bilan musobaqalarda (raqobatlarda); 4-vaziyat. O'zini his qilishi, sog'lig'i holati bilan bog'liq muammolar. 1-holat. Psixogen xususiyatdagi bemorlik, shu jumladan: psixogen yurak holsizligi; hazm qilish tizimi ishlashi bilan bog'liq buzilishlar; 2-holat. Bilib bo'lmaydigan o'zgaruvchan kayfiyati, masalan; kayfiyatning kutilmaganda tushuntirib bo'lmaydigan o'zgarishi; depressiv, ruhiy qiynalish holati; ish bajarish qobiliyati pasayishi; uyqusizlik; ■ emotsional tashvishlanish, qattiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.56 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.56 KB
Ko'rishlar soni 30 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga