Qobiliyatlar va intellekt psixodiagnostikasi

Qobiliyatlar va intellekt psixodiagnostikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Qobiliyatlar va intellekt psixodiagnostikasi - rasmi

Material tavsifi

Qobiliyatlar va intellekt psixodiagnostikasi Reja: Qobiliyat va intellekt tushunchalari. Qobiliyatlar va intellekt diagnostikasiga doir nazariy yondashuvlar. Qobiliyatlar va intellekt diagnostikasi. Qobiliyatlar va intellektni amaliy o'rganish psixodiagnostika tarixida o'ziga xos tadrijiy bosqichga va ilmiy qarashlarga tayaniladi. Qobiliyat -umumiy psixologik tushuncha bo'lib, psixologiyada uni ta'riflashda bir necha yondashuvlar mavjuD. Masalan, B.M.Teplov qobiliyatni uchta belgisini sanab o'tadi: qobiliyat-bu bir odamni boshqasidan farq qiluvchi individual psixologik xususiyat; faoliyatni yoki bir necha faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga munosabatini bildiruvchi xususiyat; qobiliyat - bilim, ko'nikma va malaka bilan bog'liq bo'lmagan holat. Ammo bilim, ko'nima va malakalarni tez va oson o'zlashtirishni shartlovchi xususiyat. V.D.Shadrikov esa qobiliyat tushunchasini psixologik konkretlashtirishga harakat qilib, uni individual o'lchamli, alohida psixik funksiyalarni sifatli va muvaffaqiyatli o'zlashtirishdan iborat psixikaning funksional tizimi xossasi sifatida ifodalashga harakat qildi. D.N.Zavalishin qobiliyat turlarini tahlil etar ekan, umumiy qobiliyat insonning umumiy sharoitlardagi yetakchi faoliyati bilan, maxsus qobiliyatlarni esa alohida faoliyat sohasi bilan bog'laydi. Birgina insonning ijodiy kreativlik (umumiy ijodiy qobiliyat) va intellekt munosabatiga bog'liq minimal darajada uchta yondashuv mavjud: 3. Bunday kreativlik yo'q. Shaxsning ijodiy aktivligi uchun sharoit yo'q vaqtida intellektual iqtidor zarur. Bu yerda ijodiy xulq-atvor uchun bosh determenant sifatida motivatsiya, qadriyatlar va shaxs xususiyatlari yetakchi rol o'ynaydi (A.DJ.Tannenbaum, A.Maslou, O.B.Bog'oyavlenskaya). Ular ijodkor shaxsning asosiy xususiyatlariga kognitiv iqtidor, muamoga nisbatan sezgir, noaniq va murakkab vaziyatlarda mustaqil mulohaza yurituvchi sifatlarini kiritdi. Masalan, ijodiy qobiliyat (kreativlik) intellektga bog'liq bo'lmagan holda mavjud, mustaqil omil sanaladi (Dj.Gilford, K.Teylor, Ya.A.Ponomarev). Bu konsepsiyaning yana bir tomoni intellekt bilan kreativlik o'rtasida ahamiyatsiz darajada korrelyatsiya borligi haqida so'z yuritiladi. Ye.Torrensning mulohazasicha, agar IQ qiymati 115-120 dan past bo'lsa, intellekt va kreativlik yagona omilni hosil qiladi, 120 dan yuqori bo'lsa ijodiy qobiliyat mustaqil sifati, o'lchamiga ega bo'ladi, yani quyi intellek bilan kreativlik o'rtasida bog'liqlik kuzatilmaydi, deyiladi. Ammo ushbu g'oyadan farqli o'laroq hayotiy kuzatishlarda quyi kreativli intellekt egalari bor. Intellektni yuqori darajada rivojlanishi ijodiy qobiliyatning yuqori yoki aksincha holati ham bo'lishi mumkin. Ijod jarayonini psixik faollikdagi singari spetsifik shakli yo'q (D.Veksler, G.Ayzenk, A.Termen va boshqalar). Intellektning faktorli nazariyasi asoschisi Ch.Spirmen quyidagi g'oyani ilgari surdi: Intellekt qatiy insonning shaxs xususiyatlariga bog'liq emas; Intellekt o'z tuzilmasiga intellektual bo'lmagan sifatlarni qo'shmaydi (qiziqish, erishish motivatsiyasi, bezovtalanish). U intellektni to'rt turga ajratdi: birinchi tip intellekt-yangilikni tez tushunish, ikkinchisi-bilishning to'liqligi, uchinchisi-«sog'lom fikrga egalik», to'rtinchisi-yechimlarning originalligiga bog'liq. Uning g'oyasiga ko'ra, umumiy qobiliyat -bosh faktor-G -faktorda, maxsus qobiliya -S -faktor tarzda ifodalanadi. G -faktor Ch.Spirmen bo'yicha «aqliy quvvatni» belgilaydi. G.Ayzenk va Dj.Raven o'zlarini intellekt testlarini ishlab chiqishla G -faktor xususiyatiga tayandilar. Dj.Ravenning «Murakkablashib boruvchi matritsalari» 1936 yillarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.27 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.27 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga