TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TEXNIKA VA KASBIY TA'LIM FAKULTETI KURS ISHI Mavzu: Qobiliyatlarning pedagogik-psixologik tasnifi Qobiliyatning pedagogik psixologik tasnifi R е j a: Kirish Qobiliyatning pedagogik-psixologik tasnifi. Pеdagogik qobiliyatning asosiy turlari. O'qituvchining irodasi, sabr - toqat, ibrat namuna bo'la olish qobiliyati. O'qituvchining andishalilik, bag'rikеnglik, samimiylik va boshqa sifatlari. Xulosa Mavzuning dolzarbligi Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'ladi, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. Zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlami aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo'lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya'ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qarama-qarshi qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo'yilishi kerak. Qobiliyatni inson tug'ma, tabiat in'omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi, Qobiliyat o'qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o'qituvchilar o'z faoliyatlarida ham qobiliyati past kishilarga qaraganda ko'proq yutuqlarga erishadilar. Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta'minlaydi. Qobiliyatli kishi muta- xassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi. Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo'lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma'lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o'zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko'nikma va malaka- lardir. Ко 'nikmalar - o'qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli. Malakalar - o'qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig'indisi. Ular o'qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluv- chi jarayonlar bo'lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida o'qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlami qo'lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko'nikma va malakalarga ega bo'lmagan noshud o'qituvchi ko'p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko'nikma va malakalami chuqur egallashda ro'yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko'nikma va malakalari ko'p qirrali va mukammallashgan bo 'ladi. Ко 'nikma va malakalar etarli bo 7- magan qobiliyatni birmuncha to 'Idirishi yoki qobiliyatning kamchiligini tuzatishi mumkin. Ko'nikmalarni umumlashtirib mohirlik ham deb ataydilar. Mohirlik ham qobiliyatning o'zginasidir. Demak, qobiliyat ko'nikma va malakalarning paydo bo'lish jarayonida shakllanadi. Pedagogikada o'qituvchi qobiliyati - bu imkoniyatdir, uning mohir- ligi zaruriy darajasi faqatgina o'qitish va tarbiyalash jarayonida takomil- lashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug'ma qobiliyat- iar zehn deyiladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.22 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.22 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:55 ]
Arxiv ichida: doc