Qoraqalpog'iston Respublikasida xalq ta'limi va madaniyat QORAQALPOG'ISTON RespublikaSIDA XALQ TA'LIMI, FAN VA MADANIYAT Milliy madaniyat va xalq ta'limi Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an'analari olamga mashhurdir. Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko'p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako'z, Ollayor Do'stnazarov singari xalq qahramonlarining - jasoratli, o't yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to'la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug'lanishiga yo'1 ochib berildi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O'zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo'shdilar. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston madaniy hayotida ham jiddiy o'zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta'limi tizimida yuz bergan o'zgarishlarni ta'kidlash o'rinli. Bugungi kunda Respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg'onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o'ynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o'rta umumta'lim muassasalari - litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o'quvchilarning fanlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o'rgatishga yo'naltirilgan. Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan. 2003-yilga kelib Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta'lim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga erishildi. Eski turdagi ta'lim muassasalari o'rniga yangi turdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tashkil etildi. Qoraqalpog'iston Respublikasida 1998-2002yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Hozirgi paytda Respublikada 763 ta umumta'lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta'lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko'rsatmoqda. Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o'rgatuvcbi guruhlar tashkil etildi. Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida Respublika uchun zarur bo'lgan soha kadrlarini tayyorlashga e'tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to'qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi. Respublikada o'rta bo'g'indagi kadrlarni tayyoriash tizimida 2003yilga kelib 71 ta o'quv yurti faoliyat ko'rsatdi. Shundan 68 tasi kasbhunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir. Bugungi kunda mazkur o'quv yurtlarida 51 mingdan ortiq o'quvcbi tahsil olmoqda. O'ziga xos tarixga ega bo'lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o'quv yurtining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:55 ]
Arxiv ichida: ppt